
“Liverpul” klubining sobiq futbolchisi Grem Suness “Chelsi”ning transfer siyosatini keskin tanqid qildi.
“Aristokratlar” yozgi transferlar vaqtida yangi o‘yinchilar uchun jami 280 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarfladi. Eng qimmat transfer egasi “Lester”dan 80,4 million yevroga olingan 21 yoshli himoyachi Uesli Fofana bo‘ldi.
- Antonio Ryudiger va Andreas Kristensenning ketgani va Tyagu Silvaning yoshi o‘tib qolganini inobatga olib, “Chelsi”ning markaziy himoyachilarga ehtiyoji borligini to‘g‘ri tushunaman. Lekin Fofanani 70 million funtga olinishichi?
U endigina 21 yoshda va salohiyatidan boshqa hech vaqosi yo‘q.
Kukurelyaning 65,3 million yevroga olinganida ham hech qanday mantiq yo‘q. Chunki bu pozitsiyada Chiluell bor edi. Kukurelya o‘ziga sarflangan mablag‘ga arzimaydi. Menicha, bu futbolchiga “Siti” qiziqayotganini eshitib, “Chelsi” uni olib qo‘ydi, - dedi Grem Suness. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.