16:49 / 04.09.2022
1 532

Lionel Messi «PSJ» tarkibida o‘ziga xos ko‘rsatkich qayd etdi

Lionel Messi «PSJ» tarkibida o‘ziga xos ko‘rsatkich qayd etdi
«PSJ» hujumchisi Lionel Messi Liga 1 6-turi doirasida «Nant»ga qarshi kechgan o‘yinda (3:0) ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

Argentinalik futbolchi Fransiya chempionatining joriy mavsumida uchta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Messi Liga 1 dagi assistlari sonini 20 taga yetkazib oldi. Leo «PSJ»ga 2021 yilning yozida kelgan va o‘shandan beri chempionatda 32 ta o‘yin o‘tkazdi.

Statistika hisoblanishi boshlangandan (2006/07) beri faqat Anxel di Mariya Messidan tezroq ushbu ko‘rsatkichni qayd etgandi — 31 ta o‘yinda 20 ta golli uzatma.

Lionel Messi1, PSJ1, Assist1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi «PSJ» tarkibida o‘ziga xos ko‘rsatkich qayd etdi
ePN