
Coca Cola Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Olimpik" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Birinchi navbatda hamkasbim Temur Kapadze va uning shogirdlarini Osiyo chempionatida ajoyib natija ko‘rsatgani bilan tabriklayman. Men bilaman “Olimpik” – Superligadagi juda yaxshi jamoa, tarkibda ajoyib futbolchilar yig‘ilgan, kelajakda bundanda yaxshi natijalar qayd etadi.
O‘yin borasida gapirsam, bahs qiyin kechishini oldindan bilgandik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Bugun barcha chiziqlarda bexato o‘ynadik. Yaratilgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Agar ularni ham golga aylantirsak bo‘lardi. Umuman olganda, jamoam tartibli o‘yin namoyish etdi. Himoyada ham yaxshi harakat qildik. Jamoamni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman.
Coca ColaSuperligaQizilqum OlimpikNikola LazarevichFutbolchilarO‘yin natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar