
Kecha "Roma" Evropa Ligasi 1-turida "Ludogorets" mehmoni boʻlib, magʻlubiyatga uchradi (1:2). Hujumchi Eldor Shomurodov zaxiradan oʻyinga qoʻshilib, hisobni tenglashtiruvchi golni urdi. Bolgariyadagi ogʻir kechadan soʻng klub matbuot xizmati hamyurtimizdan intervyu oldi.
"Bu biz uchun ogʻir kecha boʻldi. Ayniqsa, maydon holati yaxshi emasligini aytib oʻtishim lozim. Biroq bu oʻzini oqlash boʻlib qolmasligi kerak. Biz bunday oʻyinlarda hamisha gʻolib chiqishimiz joiz. Hammasini toʻgʻrilash uchun vaqt etarli.
Bugungi oʻyin nihoyasiga etdi. Biz "Empoli"ga qarshi boʻlajak bahs haqida oʻylashimiz kerak, chunki vaqt oz qoldi. Biz 3 kundan soʻng yana oʻyin oʻtkazamiz", – dedi forvard.
Eslatib oʻtamiz, "Empoli" – "Roma" uchrashuvi 12 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Eldor ShomurodovRoma Evropa LigasiLudogorets Mag'lubiyatO'yin HisobEmpoli UchrashuviKlub Matbuot Xizmati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar