date
views 1 156

Farhod Nishonov U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi startidan avval oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi

Farhod Nishonov U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi startidan avval oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi
Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi 1-tur uchrashuvlari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Saralash bosqichi haqida
— Avvalambor, musobaqa tashkilotchilariga oʻz minnatdorchiligimni aytib oʻtaman. Tashkiliy jihatdan barcha narsa amalga oshirilgan. Musobaqani yuqori saviyada oʻtkazish borasida kerakligi ishlar qilinganligi koʻrinib turibdi. Saralash oʻyinlari haqida gapiradigan boʻlsam, oldimizda bizni muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Guruhimizda kuchli jamoalar yigʻilgan. Xususan, Saudiya Arabistoni, Xitoy kabi futboli rivojlangan, shuningdek, Myanma va Maldiv kabi oʻz oldiga yuqori maqsadlarni qoʻygan jamoalarga qarshi maydonga tushamiz.

— Jamoangiz bu turnirga qanday tayyorgarlik olib bordi?
— Dammamga kelishimizdan avval Yaponiya va BAAda yigʻin oʻtkazdik. Xususan, Shizuokada Yaponiya va Urugvay kabi jamoalarga qarshi bahs olib bordik va etarlicha tajriba toʻpladik.

— Musobaqaning ahamiyati
— Bilasiz, Oʻzbekiston bu turnirning final oʻyinlariga mezbonlik qiladi. Shu sababli bizda katta mas'uliyat bor. Musobaqada oʻzimizning bor imkoniyatlarimizni ishga solib, kuchli tomonlarimizni koʻrsatishga harakat qilamiz.

— Saudiya Arabistoni terma jamoasining imkoniyatlari haqida
— Saudiya Arabistoni Osiyo futbolida oʻz oʻrniga ega. Har bitta yosh toifasida yaxshi futbolchilari bor. Biz bu jamoaning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Musobaqaning final oʻyinlariga yoʻllanma olganimiz hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Biz mezbonlarga qarshi bor kuchimizni ishga solib, gʻalaba uchun harakat qilamiz.

Manba: ufa.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport