23:34 / 10.09.2022
996

Server Jeparov: "O‘yin faqatgina bir jamoa yarim maydonida bo‘ldi"

Server Jeparov: "O‘yin faqatgina bir jamoa yarim maydonida bo‘ldi"
Coca Cola Superliganing 18-turi doirasida "Lokomotiv" - "Dinamo" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Server Jeparov o‘z fikrini bildirdi.

- Bahsning birinchi bo‘limi ham, ikkinchisi ham bir jamoa yarim maydonida bo‘lib o‘tdi. To‘p bilan ko‘proq bo‘ldik, vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Afsuski, faqatgina bitta gol urdik. O‘yinga tanlangan reja menimcha, deyarli, o‘zini oqladi. Chunki qarshi hujumlarni o‘tkazib yubormadik. Bir necha chiroyli kombinatsiyalardan keyin "Dinamo" futbolchilaridan o‘tib ketishimiz mumkin edi. Yana bir marta standartdan keyin e’tiborni yo‘qotib qo‘ydik. Yigitlarga rahmat aytaman, ular g‘alaba qozonish uchun qattiq harakat qilishdi, gol urishni istashdi.

- Yosh jamoa sardorining o‘yinini qanday baholaysiz?
- Doimgidek. U barqaror futbolchi. Bugun juda katta ishni bajara oldi. Hech kim undan sardorlik bog‘ichini olib qo‘yishga harakat qilmadi. Uning o‘zi ham buni hotirjamlik bilan qabul qildi. Barcha uni qo‘llab-quvvatladi. O‘yin davomida ko‘p paslar berdi. O‘ylashimcha, u maydon markazidagi ishini qoyilmaqom tarzda bajardi.

- Kaxi Maxaradzening yo‘qligi jamoaga qanday ta’sir qildi?
- Bizda uni almashtirish uchun futbolchilar bor. Bugun, masalan, uning o‘rnida Sanjar Qodirqulov o‘ynadi. Kaxining joyida o‘ynay oladigan futbolchini topib olamiz. Bizda bu borada muammolar bo‘lmasa kerak.

- Bu boradagi xabarni eshitgandan keyin qanday reaksiya qildingiz?
- Albatta, bu juda yomon holat. Ayniqsa, gap butun bir kollektivga tegishtirilsa. Ishonish qiyin bo‘ldi. Hozircha u bilan ko‘rishganim yo‘q. O‘sha maqola dam olish kuni chiqdi. Shu sababli u bilan gaplashganim yo‘q.

- Uning jamoadagi kelajagi haqida nima deya olasiz?
- Keling, surishtiruv ishlari tugashini kutamiz, shundan keyin nimadir deya olaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Server Jeparov: "O‘yin faqatgina bir jamoa yarim maydonida bo‘ldi"