Superliga 19-tur doirasidagi AGMK – "Paxtakor" (0:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Juda ham muhim bahs edi. G‘alaba qozonganimizda, chempionlik uchun kurashsak bo‘lardi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘yinni yomon boshlamadik.
Futbolda gol urmasang, vaziyat qiyinlashib boraveradi. "Qo‘qon-1912"ga qarshi bahsda ham gol ura olmagandik. Imkoniyatlar, vaziyatlar yaratmoqdamiz. Ammo gol ura olmayapmiz. Ikkinchi bo‘lim boshida Martin Boake gol urganda, vaziyat o‘zgarib ketishi mumkin edi.
"Paxtakor" - yaxshi jamoa. Xatolardan juda unumli foydalanadi va kechirmaydi. Ularni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Hayot davom etadi, keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.
- AGMK 10-o‘yinda ham "Paxtakor"ni mag‘lub eta olmadi. Bu natijaga qanday qaraysiz? Bu siz egallab turgan "kursi qimirlashi"ga sabab bo‘lmaydimi?
- Siz bunday narsalarga juda ustasiz. Nasib qilgani bo‘ladi. Ertaga nima bo‘lishini Xudo biladi.
- AGMKni chempionlik uchun kurashdan chiqdi, deb ayta olamizmi?
- Hozir aytdim. Shu bahs biz uchun juda muhim edi. Yutganimizda, vaziyat boshqacha bo‘lardi. Hozir biz qolib ketdik. Ochko olish oson bo‘lmayapti. Har bir bellashuv shiddatli va jangovor kechmoqda. Mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, davom etamiz.
- AGMK chempionatda kurashdan chiqdi. Bir tomondan bu kubokka bor e’tiborni qaratish uchun yaxshi emasmi?
- Men har bir musobaqada uzoqroqqa borishni istayman. Nimadandir voz kechib yuborishni yoqtirmayman. Biz bugun boshqa natija kutgan edik. Afsus, o‘xshamadi.
- Hozir AGMK kubokda eng xavfli jamoaga aylandi...
- Vaqt ko‘rsatadi. Buni futbol, deb qo‘yibdi. Aytganimdek, futbolda gol urilmasa, juda ham qiyin. Ikkala taymda ham yaxshi vaziyatlarimiz bo‘ldi. Imkoniyatlardan foydalanish kerak. Gol urilmasa, o‘yin nolga teng bo‘lib qolaveradi.
- Oxirgi 10 daqiqada jamoangiz butkul o‘yinni tashlab qo‘ydi. Cheranning o‘zida 3 ta gol urish uchun imkon berildi...
- Yo‘q, yo‘q. Ukam, futbol o‘ynaganmisan, uni tushunasanmi? Yigitlar hujumga o‘tish uchun oldinga chiqishdi. So‘ng himoyada bo‘shliqlar yuzaga keldi. Gol urishga harakat qilinadi va orqa chiziq zaiflashib qoladi. Agar biz gol urganimizda, vaziyat teskari holatda bo‘lardi.
Himoyada qolib, 2 ta yo 10 ta o‘tkazganimizning farqi yo‘q. Undan ko‘ra, tavakkal qilib, futbolchilar vaziyatdan chiqib ketishga harakat qildi. Markaziy himoyachi Sardor Rahmonov oxirida hujumchi sifatida to‘p tepdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi