23:38 / 16.09.2022
1 881

Davron Fayziyev: "Barchasiga "Nasaf" aybdor"

Davron Fayziyev: "Barchasiga "Nasaf" aybdor"
Coca-Cola Superliganing 19-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qo‘qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ketma-ket 7 ta turdan buyon durang o‘ynab kelayotgandik. Bugun ham barchasi durang natijaga qarab ketayotgandek edi. Bugun yutishimiz ham mumkin edi, durang qayd etishimiz ham mumkin edi. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytaman, kuchli raqib maydonida yomon o‘yin ko‘rsatmadik.

- Jamoaning birinchi bo‘limda o‘yini qovushmaganiga nima sabab deb o‘ylaysiz?
- Barchasiga "Nasaf" aybdor. O‘ynashga bermadi, pressing qildi, nafas rostlashga ham imkoniyat qoldirmadi. Birinchi bo‘limda to‘p nazorati uchun ko‘rsatma bergandim, xatolar bo‘ldi. To‘pni qabul qilish va uzatmalarda kamchiliklarimiz ko‘zga tashlandi.

- Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirish avvaldan o‘ylangan reja edimi?
- Uchrashuv oldidan yigitlarga qo‘rqmasdan o‘z o‘yinini ko‘rsatishni aytgandim. Birinchi bo‘limdan farqli ravishda ikkinchi bo‘limda ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘ldik.

- "Qo‘qon-1912" jamoasi bu yilgi mavsumda muvaffaqiyatli qatnasha olmayotganiga nima sabab deb o‘ylaysiz?
- Buni bilganimda albatta aytardim. O‘yinlarimizni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, hech bir uchrashuvda raqibdan vaziyatlar yaratish bo‘yicha qolishayotganimiz yo‘q. Masalan, "Neftchi", "Navbahor", "Olimpik" va AGMKga qarshi o‘yinlarda vaziyatlardan foydalana olmagan xolatlar ko‘p bo‘ldi. Xatto penaltidan ham gol ura olmadik.

Bugungi o‘yinda bizda yo‘qotishlar bor edi. Masalan markaziy himoyachi Ivan Yosovichning bizga katta foydasi tegishi mumkin edi. Bundan tashqari Anvar Hojimirzayevda ham jarohat bor edi.

- O‘yin so‘ngida hakamlarga jiddiy e’tiroz bildirdingiz. Vaziyat yakunida sizga sariq kartochka ham ko‘rsatildi...
- O‘yin emotsiyalarida bunaqa xolatlar bo‘lib turadi. Biz zaxiradan futbolchini maydonga tushirmoqchi edik, yon hakam buni bosh hakamga ma’lum qildi. Ammo bosh hakam eshitgisi kelmadi va o‘yinni davom ettirishni so‘radi. Men shu vaziyat uchun e’tiroz bildirdim. Qizishib ketgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Bunaqa emotsiyalar bo‘lmasa futbolda ishlashning hojati yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: "Barchasiga "Nasaf" aybdor"