Coca Cola Superligasi 19-turi doirasidagi "Navbahor" – "Qizilqum" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.
O‘yin haqida
Birinchi navbatda muxlislarimizni tabriklayman. Chempionatda ketma-ket uchta durangdan keyin nihoyat kuchli jamoa ustidan g‘alaba qozondik. "Qizilqum" safida kuchli ijrochilar yig‘ilgan. Bu jamoa bilan uchinchi marta to‘qnash keldik va uchalasida ham g‘alaba qozondik. Shu bois yigitlarni tabriklayman. Bunday o‘yinlarda birinchi o‘ringa jamoaviy o‘yin chiqadi. Futbolchilarimiz muxlislarga bayram qilib berishmoqchi edi va buni uddalashdi. Hujumchilarimiz o‘yinni ancha vaqtli bizning foydamizga yakunlashlari kerak edi. Bugun barcha jabhada raqibdan ustun edik. Endi oldinga intilishda davom etamiz, 7 ta o‘yin biz uchun 7 ta finalga teng bo‘ladi. Har bir bahsda sifatli o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz.
- Mirlan Murzoyev bugun ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ammo bir taym ham imkon bermadingiz. Asablaringiz dosh bermadimi?
- Jamoamizdagi barcha futbolchilar maydonga tushishi mumkin. Mirlanga bugun imkon berdik. Biroz o‘xshamadi va kichik jarohat ham xalal berdi. Murzoyevni Marushichga raqobatchi sifatida jamoaga olib kelganmiz. Raqobat bo‘lmasa, rivojlanish bo‘lmaydi. "Qizilqum" tarkibiga nazar solsangiz, terma jamoa sobiq yoki hozirgi kundagi a’zolarini uchratasiz. Kuchli jamoani bir yilda uch marta yutdik, barcha yigitlarimga "respekt"!
Asablarga kelsak, futbol shunday o‘yin, unda doim asabiylashish bo‘ladi. Agar asablar dosh bermasa, boshqa sport turlarini ko‘rishni tavsiya qilaman. "Navbahor" uzoq yillardan keyin ilk bor musobaqa jadvalining yuqori qismida va kuchli jamoalarga raqobatdosh bo‘lmoqda.
- Bugun Asad Sobirjonov 5+ bahoga o‘ynadi. Bu nima bilan bog‘liq?
- Asad ajoyib iqtidor egasi. Baxtimizga u bizga erkin agent sifatida kelgan, sobiq klubi uni shunday qo‘yib yuborgandi. Sobirjonovni kichkinaligidan bilaman, u 22 yoshda va yaqin kelajakda terma jamoa murabbiylari e’tiboriga tushadi deb o‘ylayman.
- Zoran Marushichga qanday baho berasiz? U Jizzaxda gol ura olmadi.
- Marushich 7 ta gol bilan jamoa to‘purari bo‘lib turibdi. Agar barcha vaziyatlardan foydalana olganida, to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak edi. Unga baho berishimni so‘radingiz - sifatli hujumchi. Shunchaki hali qiladigan ishlarimiz ko‘p.
- Jizzaxda jamoa nega yuta olmagandi?
- Oldingi uchta turning barchasida biz g‘alabaga loyiq edik, afsuski, vaziyatlardan foydalana olmadik. Hech bir o‘yinda yomon o‘ynamadik.
- Jamoa futbolchilariga xorijdan takliflar yo‘qmi?
- Maqsadimiz — tarkibdagi barcha futbolchilarni saqlab qolish va keyingi yilda ham natija ko‘rsatish. Transfer qilish emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi