1 162
Hakamlar komissiyasi: Bu vaziyatda ..., "Qizilqum" foydasiga penalti belgilanishi kerak edi
O‘zbekiston Coca cola Superligasining 19-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvining 85-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida ro‘y bergan holat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
"Unga ko‘ra, "Qizilqum"ning 21-raqamli futbolchisi Orifxo‘ja Abduholiqov to‘p uchun kurashda "Navbahor" vakili Azim Ahmedovga nisbatan qo‘pollik ishlatmagan, aksincha darvoza tomon ketayotgan to‘p Azim Ahmedovning qo‘liga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketgan. Bu vaziyatda futbolchi qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, o‘z tanasini notabiiy ravishda kattalashtirib, to‘pning yo‘lini to‘sgan.
Hakam bu vaziyatda Azim Ahmedovga sariq kartochka ko‘rsatib, "Navbahor" darvozasi tomon penalti belgilashi kerak edi" - deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.
"Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv bosh hakami harakatlari yuzasidan chora ko‘rilishi uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasiga taqdimnoma kiritilganini ma’lum qilamiz", - deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi