
Joriy yilning 19 sentabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Yig‘inning dastlabki kuni Toshkentda o‘tadi, keyin esa jamoamiz Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga yo‘l oladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes mazkur yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning yakuniy tarkibini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Jaloliddin Masharipov ayni paytda jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda. "Al Nassr" klubining murojaatiga asosan futbolchi bu yig‘inni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (AGMK), O‘tkir Yusupov ("Navbahor")
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Farruh Sayfiyev ("Paxtakor), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ("Pari NN”), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullayev (AGMK), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv")
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Otabek Shukurov ("Fatix Karagumruk"), Aziz Turg‘unboyev ("Paxtakor"), Oston O‘runov ("Ural"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Shahboz Umarov ("Ordabasi"), Sardor Sobirxo‘jayev ("Paxtakor"), Xojimat Erkinov ("Torpedo")
Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Roma"), Igor Sergeyev ("Tobol")

O‘zbekiston Milliy Terma JamoasiSrechko KatanesO‘quv Mashg‘ulot Yig‘iniKamerun O‘yinlariKosta-Rika O‘yinlariJaloliddin Masharipov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar