
19-23 sentabr kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida VIII "Balkan" xalqaro turniri o‘tkaziladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Jahonning yetakchi bokschi qizlari qatnashishi kutilayotgan mazkur musobaqada Elshod Rasulov murabbiyligidagi jamoamiz ham qatnashadi. Bugun vakillarimiz Sofiyaga quyidagi tarkibda yo‘l olishdi:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Aziza Yakubova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Mohinabonu Abdullayeva
-63 kg: Hadichabonu Abdullayeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Mavluda Mavlonova
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Islom Tojiboyev, Ziyatdinbek Taygonboyev
Boks Bo‘yichaAyollar MusobaqasiBolgariya PoytaxtiElshod RasulovMilliy Olimpiya Qo‘mitasiBokschi Qizlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar