Eden Azar: «Chelsi» futbolchilari va muxlislari «Tottenxem» chempion bo‘lishini istamaydilar

«Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar jamoa futbolchilari va muxlislari «Tottenxem» chempion bo‘lishini istamasliklarini aytib o‘tdi. Bu haqda "Uff.uz" xabar berdi.
- Biz - «Chelsi» futbolchilari va muxlislari «Tottenxem» chempion bo‘lishini istamaymiz. Shu sababli bor umidimiz «Lester»dan. Ular chempion bo‘lishga haqlidirlar. Ammo futbolda oldindan hech narsani aytib bo‘lmaydi. Ko‘ramiz.
Kelasi hafta bizni «Tottenxem»ga qarshi kechadigan muhim o‘yin kutib turibdi. Agar g‘alaba qozonsak, ajoyib ish bo‘lar edi, - deydi Azar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing