Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlaridan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
Bizni juda qiyin ikkita o‘yin kutyapti. Mundialda ishtirok etadigan yuqori darajadagi jamoalar. Shu vaqtga qadar bunday jamoalarga qarshi o‘ynamagan edik. Xavotir olmayapman, biroq ularga qarshi qanday o‘ynashimiz qiziq tuyulyapti. Ularning o‘yinini kuzatdim, juda yaxshi jamoalar.
Ehtiyotkor va diqqatni jamlagan holda harakat qilishimiz zarur. Oxirgi vaqtlar chempionatni kuzatdim, legionerlarimizni kuzatdim, yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar juda ko‘p. Bunday darajadagi ikki o‘yinda ular o‘zini qanday ko‘rsatishini kuzatamiz.
Kutilayotgan natija haqida
Bu shunchaki o‘rtoqlik o‘yinlari. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Har bir o‘yin bir-biridan farq qiladi. Jahon Chempionatiga qadar ularda o‘yinlar kam, shuning uchun ular bor kuchi bilan harakat qiladi. Mundialga qadar barcha futbolchilarini sinab ko‘rishga urinadi. Umuman xavotir olmayapman, bu o‘rtoqlik o‘yinlari. Lekin bu futbolchilarimiz uchun Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘ladi. Ular ham o‘zini ko‘rsatishi uchun bir sinov bo‘ladi.
Qaydnomaga kiritilgan futbolchilar haqida
Bu bosqichda kimdir yaxshiroq holatdadir, balki yo‘q, lekin fikrimcha, Shaxboz Umarov, Oston O‘runov kabi futbolchilarda sifat yuqori. Ular hali yosh va qisqa muddatda terma jamoaga yordam beradigan holatga chiqishi mumkin. Ba’zi futbolchilar bor 30 ga kirgan bo‘lsa-da hali terma jamoada o‘ynamadi.
Hamon o‘yinchilarni kuzataman, ular o‘z holatini yaxshilashi lozim. Hozir qaydnomaga kiritilgan futbolchilar zamonaviy futbol uchun kerak bo‘ladigan xususiyatlarga ega.
Kuchli terma jamoalarga qarshi duch kelgan futbolchini terma jamoaga jalb eta olmaymiz. Masalan, FIFA reytingida kuchli yuztalikka kiradigan jamoalarga qarshi o‘ynashimiz mumkin, biroq kuchli terma jamoalarga qarshi optimal formada bo‘lgan futbolchilarni chaqirishimiz kerak. Hozir termaga chaqirmagan futbolchilarimni ushbu o‘rtoqlik o‘yinlari uchun shartmas deb hisobladim, lekin kelajakda ular terma jamoadan chaqiruv olishi mumkin. Hali oldinda qiyin o‘yinlar bor.
Superligada terma jamoaga chaqirilishga loyiq futbolchilar borligi haqida
Doim barcha futbolchilarni hurmat qilganman. Barchani o‘z fikri bor. Masalan, chempionatda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan Jamshid Iskandarov Kamerunga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsata olmasligi mumkin. Barcha o‘yinlarni kuzatib boryapman. O‘zbekiston chempionatini kuzatib boraman. Biroq u boshqa daraja.
Kamerun terma jamoasi futbolchilarining eng bo‘yi kichkinasi 1,80 sm. Jismoniy jihatdan juda kuchli terma jamoaga qarshi o‘yin kutib turibdi. Ular tezkor, ular kuchli, ular Yevropada o‘ynaydi. Chaqirilmay qolgan futbolchilarni Osiyo Kubogidan oldingi o‘yinlarda terma jamoaga jalb qilish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Balki ular noyabrdagi yig‘inlarga chaqirilar. Futbolchilar yaxshi formada bo‘lsa, ularga imkoniyat beriladi.
Hamma futbolchilar ham doim ideal formada bo‘lmaydi. Balki legionerlarimiz formada bo‘lmas. Siz aytishingiz mumkin, nega Eldor Shomurodov «Roma»da zaxirada bo‘lsa ham, terma jamoaga chaqiryapsiz deb. Eldor zaxirada bo‘lmagan vaqti ham uni terma jamoaga jalb etaman. Nega chempionatda to‘purar bo‘lib turgan boshqa bir futbolchiga imkoniyat bermayapman? Chunki Kamerun va Kosta-Rika kabi jamoalarga men bilan bir yil davomida ishlamagan o‘yinchini chaqirish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Chap qanotda Masharipovning o‘rnini qanday yopmoqchiligi haqida
Shunchaki kuzatamiz. Bu o‘rtoqlik o‘yini, Oybek Bozorov ushbu pozitsiyada qanchalik o‘zini ko‘rsatishini ko‘ramiz. Bizda boshqa yechim yo‘q edi. To‘g‘ri, bundan qoniqmayapman, biroq bizda bori shu.
Srechko Katanetsning terma jamoasi klubga o‘xshab qolayotgani haqida
Bu bizning ishimiz. Bizda mas’uliyat bor. Sizdan (jurnalistlar) ko‘ra kim tarkibga munosib ekanligini yaxshiroq ko‘raman deb o‘ylayman. Yil davomida yaxshi o‘ynagan futbolchi noyabrda imkoniyat berilishini kutishi haqida to‘g‘ri gapirgandirsiz, lekin bunda murabbiy nima qila oladi? Bilaman, murabbiy jurnalistni yuta olmaydi. Bor gap shu. Men hozir nima desam ham boshqacha fikr bo‘ladi. Chunki jurnalistlarda doim argument bo‘ladi. Sizning ishingizni hurmat qilaman, men ham o‘z ishimni qilyapman.
O‘zbekiston terma jamoasidagi bir yillik faoliyatida nimalarni o‘zgartira olgani haqida
O‘zimga baho berish mening ishim emas. Natija tarafdan qarasak, menimcha, yaxshi o‘yinlar ko‘rsatyapmiz. So‘nggi o‘rtoqlik o‘yinlarini kuzatayotgan bo‘lsak, masalan, Tailandga qarshi o‘yinda juda yaxshi tomonlama o‘zimizni ko‘rsata oldik.
Noyabrda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lishi haqida
Bilmayman. Shunday mish-mishlarni eshitdim. Bilishimcha, Rossiya 3 ta o‘rtoqlik o‘yinida qatnashish borasida kelishib bo‘lgan. Hozircha noyabr oyida qaysi terma jamoaga qarshi o‘ynashimizni bilmayman. Bu yomon, ammo haqiqat shunday.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasidan futbolchilar jalb qilmagani haqida
Terma jamoaga chaqirilishi mumkin edi, biroq hozir ular men kutgan o‘yinni namoyish etmayapti. Shuningdek, terma jamoadagi ba’zi futbolchilar ham oldingi o‘yinlarini namoyish etmayapti. Ular hozir buni tushunsa yaxshi, lekin tushunmasdan, xuddi shunday o‘ynashda davom etsa, bu yaxshi emas.
Eslatib o‘tamiz, 19-sentabr kuni O‘zbekiston terma jamoasining sentabr oyidagi yig‘inlari boshlanadi. Ushbu yig‘in davomida terma jamoa Kamerun (23-sentabr) va Kosta-Rika (27-sentabr) bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»