1 703
"Terma jamoamizda o‘yin uslubini ko‘rmadim, Katanetsning maqsadini bilmayman" - mutaxassis
O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Janubiy Koreyadagi yig‘inda ikkita xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishidan xabaringiz bor. Bugun terma jamoamiz ustozi Srechko Katanes ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Bu hech bir muxlisni bee’tibor qoldirmagan bo‘lsa kerak. Shuningdek, bosh murabbiy tomonidan yig‘inga taklif qilingan futbolchilar ro‘yxati ham doimgidek turli savollarni keltirib chiqardi. Bu borada gap ketganda mutaxassislarning ham fikrlarini eshitish muhim. Shu sababli Ja’far Irismetov Sports.uz uchun munosabati bilan o‘rtoqlashdi.
“Terma jamoamizni sog‘indik”
- To‘g‘risini aytsam, bo‘lajak o‘yinlar juda ham qiziq. Kamerun ham, Kosta-Rika ham jahon chempionati ishtirokchilari. Ushbu uchrashuvlarni qiziqib kutyapmiz. Anchadan beri terma jamoamizni ko‘rmadik. Terma jamoamiz qay ahvolda? Chaqirgan futbolchilarni ko‘ramiz. Terma jamoada katta o‘zgarishlar bo‘lmadi. Ammo anchadan beri ko‘rmaganimiz uchun terma jamoamizni sog‘indik.
“Natijaga bosh murabbiy javob beradi”
- Tarkib bo‘yicha biror narsa deyish qiyin. Bosh murabbiy hal qiladi, biz nima ham deymiz? Natijaga bosh murabbiy javob beradi. Hozir biror gap aytish qiyin. Nimagaki, bu o‘rtoqlik o‘yinlari. Murabbiy u yoki bu futbolchini tekshiryapman deyishi mumkin. To‘g‘ri, Jamshid Iskanderov, Bobur Abduholiqov va yana ayrim o‘yinchilar chaqirilmayapti, deb ko‘pchilik gapiryapti. Mana shunday yig‘inlarda ularni ham tekshirib olsa yaxshi bo‘lardi, deb o‘ylayman.
Misol uchun Bobur Abduholiqov ham hozirgi kunda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Uni ham olsa bo‘lardi. “Neftchi”dagi Abror Ismoilovning o‘yinini ko‘ryapmiz. Har o‘yinda eng yaxshi futbolchi bo‘lyapti. Yana boshqalar bor. Lekin men Katanetsning maqsadini bilmayman. U oldiga nima maqsad qo‘ygan ekan? Tarkibga ozgina o‘zgartirish kiritib boshqalarni ham chaqirsa bo‘lardi. Eldor Shomurodovni o‘yin amaliyoti kam, uni chaqiryapti. Boshqa tomondan qaraganda, Eldorga uchib kelish juda uzoq. Biz Katanetsni nimani xohlayotganini bilishimiz kerak. Bu tarkibni yig‘ishdan nimani ko‘zlagan? Bu yil chempionatimizda ko‘p o‘yinchilar ochildi.
“O‘FA rahbarlarining murabbiyga savoli bo‘lishi kerak”
- Katanes bilan uchrashib qolamanmi-yo‘qmi, bilmayman. U meni savolimga javob beradimi-yo‘qmi, buni ham bilmayman. Savol yo‘q. Ko‘proq O‘FA rahbarlarining savoli bo‘lishi kerak. Xorijik murabbiylar ko‘p aytyapti: biz kelib-ketaveramiz, ammo futbol sizlarga qoladi, deyishyapti. Shuning uchun maqsadni bilish kerak. Katanetsni nimaga chaqirganmiz? Futbolchilarni yoshi ham bir joyga qarab ketyapti. Ularni hozirgi salohiyati qanaqa? Ha, Kapadzeni jamoasi bor. Nimaga u yerdan ham futbolchilar jalb qilinmayapti? Jo‘raqo‘ziyev, Hamraliyevga o‘xshagan yaxshi futbolchilar chiqyapti. Hammasi qanaqa maqsad qo‘yganiga bog‘liq.
Agar Osiyo Kubogini yutamiz, deb maqsad qo‘ygan bo‘lsa, bu boshqa narsa. Yoki asosiysi, jahon chempionatiga chiqish bo‘lsa, bu boshqa masala. Hali jahon chempionatining saralashigacha ancha bor. Kichkina yutuqlar bilan xursand bo‘lib yuradigan bo‘lsak, biz hech nimaga erishmaymiz. Terma jamoamiz Namanganda o‘ynadi. O‘sha yerdagi raqiblarni yutib xursand bo‘lib yurish yaxshi emas. O‘yin ko‘rmadik. O‘yin deganimda taktikani nazarda tutyapman. Shomurodov, Masharipov kabilarning individual mahorati evaziga vaziyatdan chiqib ketgandik. Ammo taktik tomonlama terma jamoamizda o‘yin uslubi yo‘q. Bu mening fikrim.
“Tanlangan tarkib qanchalik to‘g‘riligi o‘yinlarda bilinadi”
- Bosh murabbiy natijaga javob berganidan keyin o‘zi hal qiladi. Iskanderov, Abduholiqovlar bo‘yi pastligi uchun balki murabbiyning o‘yiniga mos kelmasligi mumkin. Yana bilmadim. Bu futbolchilar nima uchun talabga javob bermasligini u bilishi kerak. Hozirgi kundagi eng yaxshi o‘yinchilarni olish kerak bo‘lsa, u holda Temurxo‘ja Abduholiqov, Abror Ismoilov, Jamshid Iskanderov va yana ko‘plab futbolchilar bor. Ammo murabbiy hammani ham olavermaydi. Bu tarafdan ham uni to‘g‘ri tushunishimiz kerak. Masalan, Iskanderovni kimni o‘rniga olish kerak edi?
Faqat olib ketilayotgan 22 nafar o‘yinchiga yana 2 ta futbolchini qo‘shib qo‘ysa hech nima bo‘lmasdi. O‘ynatmasam nima qilaman olib ketib, deyishi mumkin. Lekin futbolchilar terma jamoa muhitini his qilishlari kerak. Balki Iskanderovni olmaslikka murabbiy 100 foiz haqlidir. Yoki taktikasiga to‘g‘ri kelmas, biror nima aytish qiyin. Katanetsning matbuot anjumanini o‘qidim. Aytibdi-ku, raqib baquvvat, Iskanderov to‘g‘ri kelmaydi, degan. Messi, Silva yoki boshqa jussasi kichkinalar ham o‘ynashyapti. O‘sha gap: rahbariyat va murabbiy nimani xohlayapti? Ko‘ramiz, tanlangan tarkib qanchalik to‘g‘riligi o‘yinlarda bilinadi.
“O‘zbekistonda Masharipovdek o‘yinchini topish qiyin”
- Masharipov ham jarohati sababli kelmadi. Uni o‘rnini yopadigan futbolchi bormi yoki yo‘qmi, bilmadim. Hali jamoamizda murabbiy imzosi yo‘q. O‘zbekistonda Masharipovdek o‘yinchini topish qiyin. Uni o‘rnini Doston Hamdamov yoki Oybek Bozorov yopishi mumkin. Baribir Jaloliddinni o‘rni bor-da. Terma jamoamizning yetakchilaridan biri. Qani ko‘ramiz! “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»