
Braziliyalik himoyachi Dani Alves bo‘lajak jahon chempionati o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun terma jamoaga chaqirilmagani haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Odamlar mendan ko‘ra jahon chempionati haqida ko‘proq gapirishadi. Klubimda men qattiq mehnat qilyapman, agarda bu meni jahon chempionati sari yetaklasa, ajoyib ish bo‘lardi. Ishonchim komilki, klubda amalga oshirayotgan mehnatlarim tufayli bunga erishaman. Men qo‘limdan nimalar kelishini hamda terma jamoa uchun qanchalik muhim ekanligimni bilaman. Men o‘z hayotimda sherman va qaysi o‘rmonda bo‘lishimdan qat’iy nazar, hech qachon barg yemayman", - dedi Alves.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.
Dani AlvesJahon ChempionatiTerma JamoaBraziliyalik HimoyachiOdamlarAjoyib Ish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar