Foto: Tribuna.uz
Sentyabr oyidagi FIFA kunlari oldidan Transfermarkt portali milliy jamoalarning 2022 yilgi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Nemis portaliga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov yil boshidan buyon milliy jamoasi safida 9ta gol kiritib, bu borada jahonda peshqadamlik qilmoqda.
To‘purarlar ro‘yxatida o‘zbekistonlik goleadordan keyingi o‘rinni Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand va Kamerun forvardi Vensan Abubakar egallagan – 8tadan gol.
Senegal va «Bavariya» klubi forvardi Sadio Mane bu yil milliy jamoasida 7ta gol kiritgan bo‘lsa, «PSJ» hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasi safida o‘z hisobiga 6ta gol yozib qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida 23 sentyabr kuni Janubiy Koreyada Kamerunga qarshi, 27 sentyabr kuni esa Kosta-Rika bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Eldor Shomurodov bu bahslarda gollari sonini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»