08:27 / 23.09.2022
1 390

Sardor Rashidov: "Milliy terma jamoadan chaqiruv? Buni Ermatov va Katanetsdan so‘rang!"

Sardor Rashidov: "Milliy terma jamoadan chaqiruv? Buni Ermatov va Katanetsdan so‘rang!"
O‘zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri, faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirayotgan Sardor Rashidov SPORTS.uz saytiga intervyu berdi. Mahoratli legionerimiz suhbatda bir nechta qiziqarli mavzularda fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

– Mavsumni O‘zbekistonda boshladingiz. Ammo keyin Qatardan kelgan taklifga rozi bo‘ldingiz. Bunga aynan nima sabab bo‘ldi?
– Qatardan taklif tushishi bilan o‘ylab o‘tirmasdan qabul qildim. Bu yerda futbolga bo‘lgan e’tibor boshqacha. Sharoitlar yaxshi, oilam ham bu yerni yoqtiradi. Qolaversa, moliyaviy tomondan qoniqarli taklif edi. Avval ham aytganman, har bir futbolchi pul uchun o‘ynaydi. Futbol biznesga aylanib ulgurgan.

– Hozirda "Umm-Salal" ichki birinchilikda 12 jamoa orasida 10-o‘rinda bormoqda. Mavsum yakuni uchun klub o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘ygan?
– Xa, hozir jamoam 10-pog‘onada, lekin bitta g‘alaba bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib olsa bo‘ladi. Rahbariyat oldimizga kuchli uchlikka kirish maqsadini qo‘ygan. Avvalgiga nisbatan hozir raqobat kuchli. Yaxshi saviyadagi jamoalar ko‘paygan.

– Superligadagi chempionlik uchun kechayotgan raqobat haqida nima deya olasiz? Kimni favorit qilib ko‘rsata olasiz?
– Chempionatimizni kuzatib boryapman. Hozir qaysidir klubni ajratib ko‘rsatish qiyin. Intriga o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. 4-5 ta bir xil saviyadagi jamoalar bor. Raqobat bo‘lsagina, ichki chempionat o‘sishi mumkin.

– Qatar va bizning chempionat o‘rtasida qanday farq bor? Nima sizni doim u yerga chorlayveradi?
– Farq katta. Bu yerda futbol tezroq o‘ynaladi. Agar shu ketishda davom etsa, Superligamiz ham yaxshigina o‘sishga erishadi. Hozircha kamchiliklar yo‘q emas. Nimaga aynan Qatar? Bu yer mening ikkinchi o‘yim. O‘zimni shu o‘lkada qulay his qilaman va bu yerda meni hurmat qilishadi. Avvalo hammasini Alloh bermoqda. Bunga shukur aytishim kerak.

– Qatardan keyingi rejalaringiz qanday?
– Aniq bir reja yo‘q. Shu yerda uzoqroq qolmoqchiman.

– "Paxtakor"dan ketib, yana legionerga aylandingiz. Har holda Superligada emassiz. Nima uchun terma jamoadan chaqiruv olmayapsiz? Bu futbol bilan bog‘liq emasmi yoki...
– Bu savolni birinchi Ravshan Ermatovga keyin esa Srechko Katanetsga berish kerak. Shu tariqa men ham bu savolga javob olgan bo‘lardim ...

Jaloliddin Qobiljonov suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov: "Milliy terma jamoadan chaqiruv? Buni Ermatov va Katanetsdan so‘rang!"