
Kosta-Rika bosh murabbiyi Luis Fernando Suares O‘zbekistonga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Janubiy Koreya yig‘iniga olib kelingan 26 nafar futbolchimizning barchasi maydonga tushish imkoniyatiga ega. Shu bois, ertaga Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin bilan taqqoslaganda mutlaqo boshqa tarkibni taqdim etamiz.
O‘ylashimcha, shunday qilsak, adolatdan bo‘ladi. Qolaversa, bu biz uchun muhim, sababi har bir futbolchining imkoniyatini ko‘rish va ularning holatini ko‘zdan kechirish lozim.
Shuningdek, men o‘z uslubimni yaratishim hamda tarkibni aniqlashim uchun eng yaxshi yo‘l — bu ularning raqiblarga qarshi o‘yinlarini kuzatish", – dedi Suares.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Kosta-Rika o‘rtasidagi nazorat bellashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 11:00 da start olishi rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar