20:50 / 30.09.2022
1 455

"Kuala-Lumpur" ustozi: "Jasur Hasanov va serbiyalik futbolchi Marko Kolakovich menda yaxshi taassurot qoldirdi"

"Kuala-Lumpur" ustozi: "Jasur Hasanov va serbiyalik futbolchi Marko Kolakovich menda yaxshi taassurot qoldirdi"
5 oktabr kuni OFK Kubogi hududlararo final bahsida "So‘g‘diyona" jamoasi Jizzaxda Malayziyaning "Kuala-Lumpur" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Final oldidan muhim bahs bo‘lib o‘tadi. Ulug‘bek Baqoyev jamoasini yana bir notanish kuchga ega bo‘lgan raqib kutmoqda. Malayziya klubi ham ushbu bahsda g‘alabani maqsad qilgan holda tashrif buyuradi. Buni jamoa bosh murabbiyi Boyan Xodak ham ta’dkidlab o‘tdi. Xorvatiyalik mutaxassis saytimiz uchun o‘yin avvalida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin haqida qanday fikrdasiz?
- Shubxasiz, o‘yin juda qiyin bo‘ladi, chunki O‘zbekiston Superligasi Osiyoda kuchli chempionatlardan biri. Deylik, Malaziya futbolidan ustun jihatlari ko‘p. Bu jamoani o‘z uyida yutish juda qiyin bo‘ladi. Lekin bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

- Bahs Jizzaxda bo‘lishi jamoangizga qandaydir qiyinchilik tug‘diryaptimi?
- Albatta, qiyinchilik tomonlari bor. Masalan, Malaziyadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo‘q. Yo‘lda vaqt yo‘qotishimizni inobatga olishingiz kerak. Jamoamiz futbolchilari o‘yinga qadar 2-3 kun dam olishlari kerak. Bundan tashqari, ayni vaqtda O‘zbekistonda kechki paytda havo harorati biroz salqin. Bu ham futbolchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Birinchi marotaba salqin havoda to‘p tepadigan futbolchilarimiz bor.


- Bu o‘yinda "Kuala-Lumpur"ning asosiy maqsadi qanday?
- Maqsad – finalga chiqish. G‘alaba qozonish uchun jamoamiz yaxshi yoki yomon o‘ynaydimi, yoki hujum yo himoyada o‘ynasa ham, muvaffaqiyat qozonsa bo‘ldi. Faqat g‘alaba muhim hisoblanadi. Biz oxirigacha kurashamiz.

- "So‘g‘diyona" safida qaysi futbolchilarni xavfli, deb hisoblaysiz?
- Raqib jamoada faqat yaxshi ijrochilar bor. Eng xavfli futbolchisi deb, hujumchisini aytgan bo‘lardim. Lekin jamoa burchak to‘plarida, jarima zarbalarida juda kuchli. Jamoa sardori Jasur Hasanov va serbiyalik futbolchi Marko Kolakovich menda yaxshi taassurot qoldirdi.


- Baribir raqib o‘yinini ko‘rib, tahlil qilgan bo‘lsangiz kerak?
- Ha, albatta. Jamoaning O‘zbekiston Superligasidagi videolarini ko‘rdim. Ammo raqibni ko‘p ham o‘rgana olmadim, chunki biz har 4 kunda Malayziya Superligasida o‘ynamoqdamiz. Murabbiylar shtabida "So‘g‘diyona" o‘yinlari yozilgan oxirgi 6 ta video bor. 5 oktabrga qadar jizzaxliklar o‘yinini tahlil qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Kuala-Lumpur" ustozi: "Jasur Hasanov va serbiyalik futbolchi Marko Kolakovich menda yaxshi taassurot qoldirdi"