Superliga 20-turi doirasidagi "Dinamo" - "Olimpik" (1:1) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bu raqibga qarshi o‘yinda o‘z rejamiz bor edi va yigitlarga ko‘rsatmalarni bajarishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Afsuski, raqiblar deyarli har o‘yinda darvozamiz tomon penalti tepishmoqda, bugun ham shunday bo‘ldi va g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Hozirgi vaziyatda nima deyishni ham bilmayman. Yigitlar harakat qilishmoqda, imkon darajamizda o‘yin namoyish etayapmiz.
Birinchi bo‘lib hisobni ochganimizdan keyin natijani saqlab qololmayotganimiz ham tarkibdagi muammolarga taqaladi. Chunki tarkibda yo‘qotishlar haddan ziyod ko‘p. Bu haqda gapirsam, bahonadek ko‘rinishi mumkin. O‘yindan hammasi ko‘rinib turibdi, zaxiramiz ham aytarli katta emas.
Debyutantlar? Ha, bugun jamoamizning o‘rinbosarlar safida bo‘lgan 4 nafar yosh o‘yinchini asosiy tarkibga tushirishga qaror qildim va ular yomon o‘ynashmadi. Ularga imkoniyat berishdan qo‘rqmayman. Bu yosh mahalliy o‘yinchilar - "Dinamo"ning kelajagi. Yoshlar dastlabki o‘yinda tomoshabinlar oldida hayajonlanishgandir, ammo keyingi bahslardan o‘z kuchlariga ko‘proq ishona boshlaydilar. Tarkibimizda hali yana iqtidorli yosh o‘yinchilar bor, bugun ulardan birini maydonga tushirmadim. Ehtimol keyingi o‘yinlarda uni ham asosiy tarkibda ko‘rishingiz mumkin.
Mavsum yakuniga qadar ham tarkibda rotatsiya bo‘ladi, chunki jarohat olgan yoki betob o‘yinchilarimiz ko‘pchilikni tashkil qiladi. Faoliyatimda tarkib masalasida hech qachon hozirgidek muammoga duch kelmaganman. Shunga qaramay, vaziyatdan chiqib ketishga urinamiz, - deydi Vadim Karlenovich o‘yindan keyingi matbuot anjumanida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»