Coca Cola Superliga 20-turi doirasidagi "Dinamo" - "Olimpik" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Temur Kapadze o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Samarqandda qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. “Dinamo” turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda va shu sababli oson bo‘lmasligini bilib turgandik. Bu o‘yinda g‘alaba qozonganimiz yanada yaxshi bo‘lardi. Tanaffusdan keyin mezbonlar butun jamoa bo‘lib himoyalandi. Bu esa qiyinchilik tug‘dirdi. O‘yinimizda kamchiliklar bor, bularni mashg‘ulotlarda to‘g‘irlashga e’tibor qaratamiz.
Hammamizga ma’lum, Vadim Karlenovich jamoasi odatda to‘pni o‘zida ko‘proq ushlaydi, pressingga e’tibor qaratadi. Bugun uning jamoasi tanaffusdan keyin butun jamoa bo‘lib himoyalandi. Bu holatni ko‘rmagandim. Balki bu natija ham “Dinamo”ni hozirgi vaqtda qoniqtirishi mumkin. Qarshi hujumda xato qilishimizni kutishdi.
Birinchi davradagi “Dinamo” bilan hozirgisi o‘rtasida farq bor. Har tomonlama o‘zgarish bor. Bizda ham farq bor. Chunki jamoamiz yigitlari ancha o‘sishga erishdi. Samarqanddagi maydonning maysasi baland. Bunday holatda futbol o‘ynash juda qiyin. To‘pni olib yurish, aldab o‘tish holatlarida qiyinchilik tug‘diradi. Umuman olganda, “Dinamo” jamoasi yomon emas, ularning keyingi o‘yinlariga omad tilayman, - deydi Temur Kapadze o‘yindan keyingi matbuot anjumanida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»