Coca-Cola Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Surxon" (2:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Hozir biron so‘z aytishga kuch topish qiyin bo‘layapti. Vaziyat qandaydir bir dahshatli tushga o‘xshaydi. Bugun ikki jamoa ham g‘alaba uchun kurash olib bordi, maqsad 3 ochkoga qaratilgandi. O‘z xatolarimiz evaziga jazolandik. 2:0 yutib turib yakunda 2:3 hisobida yutqazdik. Futbolchilar oldinroq xotirjamlikka berilishdi. Futbol 90 daqiqa o‘ynalishiga yana bir bor isbot. Biz oxirigacha kurashish haqida ko‘rsatma bergandik.
- San’at Shixovning almashtirilishiga sabab nima bo‘ldi?
- Unda charchoq alomatlari ko‘zga tashlandi. Shuningdek Shixovda ozroq jarohat ham bor edi. Shu sababdan uni almashtirdik, aks holda rejada Shixovni almashtirish yo‘q edi. Zahiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar haqida ham hozir biron gap aytish qiyin.
- O‘yin 2:2 bo‘lib turgan vaqtda Ilhomjon Vahobovni tushirdingiz. Bu vaziyatda hujumchini o‘yinga tashlagan yaxshi emasmidi?
- Zahiramizda hujumchining o‘zi yo‘q edi. Masalan Anvar Hojimirzayev o‘yinga tayyor emas. Murodjon Komilovni "Surxon"ning baland bo‘yli himoyachilariga qarshi tushirishni bilmadim. Hozir yutqazganda "mumkin edi" qabilidagi gaplar ko‘payadi.
74-daqiqada bunday uzoq masofadan gol o‘tkazvorish jamoani kayfiyatiga ta’sir qiladi. Raqibga esa bu motivatsiya. Menimcha, 2:0 juda yomon hisob. Ketma-ket ikkinchi o‘yinda alamli mag‘lubiyatga uchramoqdamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»