OFK Kubogi hududlararo final bosqichi doirasidagi "So‘g‘diyona" - "Kuala-Lumpur Siti" o‘yini nihoyasiga yetdi. Unda mehmonlar penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketdi - 5:3.
Mazkur o‘yindan so‘ng uyushtirilgan matbuot anjumanida "Kuala-Lumpur Siti" bosh murabbiyi Boyan Xodak va jamoa sardori Paulo Joze ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Boyan Xodak (bosh murabbiy):
- Avvalambor, bugungi o‘yin uchun tashakkur! Bahs oldidan aytgandim, O‘zbekiston jamoalarining darajasi Malayziyanikidan kuchliroq. Shundan kelib chiqib, biz qarshi hujumlarga tayangan holda o‘ynashni istagandik. Raqibga hujum yaratishiga halaqit qilishimiz, ularga to‘sqinlik qilishimiz kerak edi. Menimcha, biz bu vazifani uddaladik. Bizda ham 2-3 ta yaxshi vaziyatlar bo‘lgandi. Ulardan foydalana olmadik va penaltilar seriyasigacha bordik. Yakunda esa omad bizga kulib boqdi. Men bundan juda ham xursandman!
Biz kichik klubmiz, budjetimiz ham shunga yarasha. Shu ahvolda bu bosqichga yetib kelganimiz quvonarli holat. Orzuga yetishish uchun oxirigacha harakat qilamiz, albatta!
Paulo Joze (futbolchi):
- Biz bugun yaxshi o‘ynadik. Ayniqsa, himoyada namunali harakat qildik. Birinchi to‘pga ega chiqishda raqibdan qolishmadik. Avvaldan shunday o‘ynashni reja qilgandik. Biz raqiblarimizni ko‘p vaziyatlarda xavfsizlantirishga erishdik. Ularga imkon bermasligimiz kerak edi. Rejamiz to‘liq amalga oshdi, deya olaman.
O‘yindan oldin penaltilar seriyasiga ham alohida tayyorgarlik ko‘rgandik. Darvozabonimizga ishongandik. U fantastik o‘yin namoyish etdi. Bugungi o‘yin uchun hammaga rahmat!
- Bugungi g‘alaba siz uchun qanchalik ahamiyatga ega? (Murabbiyga)
- "So‘g‘diyona"ning oldingi o‘yinlarini ko‘rib chiqqandik. Ular juda ko‘plab vaziyatlar yaratib, gollar urishda ham yaxshi natija qayd etgandi. Asosiy maqsadimiz - ularni hujumda zararsizlantirish edi. Rejalarimiz amalga oshdi. O‘ta muhim o‘yinda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdik.
- O‘tgan matbuot anjumanida "gol urish muhim emas, jamoam g‘alaba qozonsa bo‘ldi", - degan edingiz. Bugun gol urilmadi va klubingiz zafar quchdi. Bunga nima deya olasiz? (Futbolchiga)
- Bugun gol urmadik. Sababi, asosiy e’tibor himoyaga qaratildi. Shunga qaramay, men natija uchun xursandman.
Darvozabonimiz ajoyib seyvlar namoyish etdi. To‘g‘ri, o‘yin vaqtida gol ura olmadik. Ammo penaltilar hamma imkoniyatdan foydalana oldik.
- Oldinda final... "Kuala-Lumpur"ni kelgusi bosqichda yanada hujumkor jamoa kutib turibdi. Bunga qay darajada tayyorsiz?
- Murabbiy sifatidagi vazifam - raqibni to‘xtatish. Har bosqichga alohida tayyorgarlik ko‘ramiz. Ularni ham batafsil o‘rganib chiqamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...