1 472
"Kuala-Lumpur" futbolchisi: "Agar klublaringizdan taklif tushsa, albatta, qabul qilardim. Sababi..."
“So‘g‘diyona” OFK kubogi hududlararo final o‘yinida Malayziyaning “Kuala-Lumpur Siti” jamoasiga yutqazib qo‘ydi. Vakillarimiz penaltilar seriyasida 3:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Jankarlo Gallifuoko raqib safida so‘nggi penaltini amalga oshirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
SPORTS.uz sayti “Kuala-Lumpur” legioneri Jankarlo Gallifuoko bilan bog‘lanib, uning OFK kubogi turniri, “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘yin va boshqa mavzulardagi fikrlari bilan qiziqdi.
1. Avvalo ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz! Siz va jamoangiz uchun juda qiyin o‘yin bo‘ldi, shunday emasmi?
- Rahmat! Bizning taktikamiz qiyin edi. Lekin uydan uzoqda bo‘lganingizda, ba’zida chiroyli o‘ynab, yutqazishdan ko‘ra, raqibni asabiy qilishga ko‘proq e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Men buni juda yaxshi bajardik, deb o‘ylayman.
2. “So‘g‘diyona” va o‘zbek futboli haqida nima deya olasiz?
- O‘zbekiston U-17 terma jamoasiga qarshi o‘ynash sharafiga muyassar bo‘lganman. Ya’ni, men bu mamlakatning darajasini bilardim. O‘ylaymanki, Osiyodagi hamma O‘zbekistondagi liga qanchalik kuchli va jismoniy tomonlama raqobatbardosh ekanligini biladi. Shuning uchun ham ushbu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik.
3. Raqib tarkibida eng xavfli futbolchi qaysi edi?
- Markaziy himoyachi sifatida asosiy etiboringiz ularning hujumchilariga qaratiladi, albatta. Mening vazifam - 10-raqamli o‘yinchini (Norxonov) to‘xtatish edi. U juda iqtidorli futbolchi, ammo biz uni zararsizlantira oldik.
4. Penaltilar seriyasida oxirgi golni urdingiz. Siz uchun bu qanchalik qiyin bo‘ldi? Sizda katta bosim bor edi...
- Ha, bosim juda yuqori edi. Biroq rostini aytsam, bu menga doim yoqadi. Faoliyatimda ko‘p penaltilar tepganman va bosim ostida bo‘lishga qaramay, o‘z qobiliyatimga ishonaman.
5. O‘sha o‘yinda jamoangiz darvozaga aniq zarba bermagan edi. Bu raqibga bog‘liq jarayonmidi?
- Rostini aytsam, yuqorida aytganimdek, asosiy e’tibor ularni hujumda to‘xtatishga qaratilgan edi. Albatta, biz gol urishga harakat qildik. Ammo eng muhimi, o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlab qola oldik.
6. Ma’lumotlarga ko‘ra, siz "Tottenxem"da 2012 yildan 2014 yilgacha o‘ynagansiz. Nega klubni tark etgansiz?
- O‘shanda men "Suonsi Siti"dan taklif olgandim va shu sababli ketgandim. Bori shu.
7. O‘zbekistondan taklif tushsa, qabul qilasizmi?
- Albatta, o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim. Bu kuchli ligaga ega go‘zal mamlakat. Biroq hozircha men "Kuala-Lumpur Siti"da ekanligimdan juda xursandman.
Shohrux Zoirov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»