date

Mario Balotelli “Instagram”ga qo‘ygan rasmi uchun rasman uzr so‘radi

Mario Balotelli “Instagram”ga qo‘ygan rasmi uchun rasman uzr so‘radi

Irqiy kamsitish va antisemitizm aks etgan rasm joylagani uchun "Liverpul" hujumchisi Mario Balotelli uzr so‘radi.

U o‘zining "Twitter" sahifasida shunday deb yozdi:
"Men kimnidir ranjitgan bo‘lsam, uzr so‘rayman. Aslida irqchilikka qarshi harakat sifatida rasm joylagan edim. Ammo bu teskari ta’sir berdi. To‘g‘ri, barcha meksikaliklarning mo‘ylovi bo‘lmaydi, hamma qora tanlilar ham baland sakray olishmaydi. Ziqnalik yahudiylarning milliy xususiyati deb aytishga haqqim yo‘q edi. Men Super Mario multfilmi rasmidan foydalangandim, bu qiziqarli va ko‘ngilni ranjitmaydigan rasm deb o‘ylagandim. Yana bir bor uzr "

Balotellining harakatidan norozi bo‘lgan yahudiy etakchi va rahbarlar uni "ehtiyot bo‘lib rasm joylash" haqida ogohlantirishgan.

Foto: Peter Byrne/PA
Tekst: www.Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mario Balotelli “Instagram”ga qo‘ygan rasmi uchun rasman uzr so‘radi