O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda mezbonlar yirik 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvdan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "sherlar" ustozi Maksim Shatskixning fikrlari bilan tanishib chiqing:
"Birinchi bo‘limda ko‘p vaziyatlar yaratdik, biroq raqib ikki zarbasi bilan hisobni tenglashtirib ketdi. Ikkinchi bo‘limda tezlik qo‘shsak, barchasi joyida bo‘lishini sezib turgandik. Yanada keskinroq o‘ynay boshladik va buni natijada aks ettirdik.
Chempionlik uchun kurash davom etadi. Oldinda bizda yana 4ta tur kutib turibdi. Biz o‘z o‘yinlarimizga e’tibor qaratib, ularga jiddiy tayyorlanishga urinishimiz kerak.
Bizda maydonlar sifatli bo‘lishini xohlardim. Nafaqat asosiy jamoalar, balki yoshlar, akademiya tarbiyalanuvchilari ham yaxshi maydonlarda shug‘ullanishi zarur. Shunda ularning mahorati ortib boradi.
Futbolchi maydonga chiqqanda faqat raqib bilan kurashish haqida o‘ylashi lozim, boshqa narsalarni emas. Bizning sharoitda 8-9 oy quyosh charaqlab turishini hisobga olsak, bemalol sifatli maydonlarni ko‘paytirsa bo‘ladi. Bunga pul sababmi yoki yaxshi agronomlar yetishmayaptimi, bilmayman. Bu har bir klubning alohida muammosi", - dedi amaldagi chempionlar bosh murabbiyi.
Manba: "Paxtakor" PFK matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin