20:31 / 19.10.2022
1 334

Superliga. "Nasaf" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

Superliga. "Nasaf" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda "ajdarlar" zafar quchdi, 2:1.

Hisob 60-daqiqada Dilshod Saitovning aniq zarbasidan so‘ng ochildi. Bunga mezbonlar 78-daqiqada penaltidan urilgan gol evaziga javob qaytardi. 11 metrlik nuqta qarshisiga kelgan Dilshod Jo‘rayev mo‘ljalda adashmadi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisida "Nasaf"ning braziliyalik legioneri Lima Kruz boshi bilan gol urib jamoasiga muhim g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, "ajdarlar" ochkolari sonini 45 taga yetkazib olgan holda, 1-o‘ringa ko‘tarildi. Navoiyliklar hisobida 35 ochko mavjud.

"Qizilqum" – "Nasaf" - 1:2
Gollar
: Dilshod Saitov 60, - 0:1. Dilshod Jo‘rayev 78 penalti, - 1:1. Mateus Lima Kruz 90+4, - 1:2.

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 4.Bobur Yo‘ldoshev, 5.Dilshod Jo‘rayev, 7.Sanjar Shoahmedov, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Salim Mustafoyev, 23.Sherali Jo‘rayev (s), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteyev, 43.Shon Pol Komolafe (32. Ilhom Kenjayev, 90+1), 88.Artyom Dmitriyev.
Zaxira: 1. Ignatiy Nesterov, 3. Abduvosidxon Abdurashidov, 9. Xumoyun Abdualimov, 18. Davron Anvarov, 21. Orifxo‘ja Abduxoliqov, 77. Azamatxon Maqsumov, 85. Islom Asilbekov.

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev (2.Alibek Davronov, 87), 8.Dilshod Saitov (9.Ivan Solovyov, 87), 10.Husayn Norchayev, 17.Suhrob Nurulloyev (19.Mateus Lima Kruz, 58), 22.Akmal Mozgovoy, 27.Zafarmurod Abdirahmatov (18.Bahrom Abdurahimov, 78), 34.Sherzod Nasrullayev (7.Sharof Muhitdinov, 78), 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov (s).
Zaxira: 35.Abduvohid Ne’matov, 6.Murodbek Rahmatov, 14.Alen Masovich, 20.Shahzod Akramov.

Ogohlantirishlar: Umar Eshmurodov 36, Dilshod Jo‘rayev 55, Bobur Yo‘ldoshev 65, Marko Stanoyevich 76.
Chetlatish: Bobur Yo‘ldoshev 65 (2SK).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Nasaf" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi