date

Jurnalist Messini noqulay vaziyatga solib qo‘ydi

Jurnalist Messini noqulay vaziyatga solib qo‘ydi
Videodan skrinshot
Argentinaning DirecTV Sports telekanali jurnalisti Pablo Jiralt vatandoshi, futbol yulduzi Lionel Messidan intervyu olish chog‘i ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

Jurnalist doim Messining iste’dodiga qoyil qolib kelgan, biroq u bilan yuzma-yuz uchrashish, suhbat qurishni hatto tasavvur ham qilmagan ekan. Voqea rivojining bu taxlit o‘zgarib ketganidan avvaliga Messi ham o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Keyin Jiraltni yupatdi.

«Aslida senga katta rahmat. Argentinada va butun dunyoda juda ko‘p odamlar meni qo‘llab-quvvatlashadi, havas qilishadi. Men esa ular bilan sen orqali muloqot qilishdan mamnunman. Qo‘llab-quvvatlashayotgani uchun baxtiyorman», — dedi Messi jurnalistga.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jurnalist Messini noqulay vaziyatga solib qo‘ydi