date

“Nasaf” Birlashgan Arab Amirligiga jo‘nab ketdi

“Nasaf” Birlashgan Arab Amirligiga jo‘nab ketdi

Jamoamiz Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi 6-tur uchrashuvini Birlashgan Arab Amirligining Al-Ayn shahri “Al-Ayn” jamosiga qarshi o‘tkazishidan xabaringiz bor, deb xabar beriladi "Nasaf" FK saytida.

Bugun ertalab “Nasaf” professional futbol klubi rasmiy delegasiyasi va jamoa murabbiylari hamda futbolchilari Toshkentdan BAAning Sharja shahriga yo‘l olishdi.

Jamoamiz delegasiyasi uch soatdan ko‘proq parvozdan so‘ng Sharja shahriga etib borishadi va u erdan Al-Ayn shahriga qarab yo‘l olishadi. Al-Ayn shahridagi o‘zlari uchun ajratilgan “Hili Rayhaan by Rotana Hotel” mehmonxonasiga borib joylashishadi.

Jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev “Al-Ayn” jamoasiga qarshi uchrashuvga 25 nafar futbolchini olib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Ayn” – “Nasaf” uchrashuvi 3 may seshanba kuni bizning vaqt bilan soat 21:30da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” Birlashgan Arab Amirligiga jo‘nab ketdi