13:43 / 23.10.2022
1 462

Tez yugurish mana bunaqa bo‘ladi...

Tez yugurish mana bunaqa bo‘ladi...
Angliya premer-ligasining 12-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Vest Xem”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Yurgen Klopp shogirdlariga g‘alaba keltirgan yagona golni Darvin Nunes kiritdi. Shu o‘yinda, urugvaylik futbolchi tez yugurish bo‘yicha Angliya premer-ligasi rekordini yangiladi.

23 yoshli futbolchi maydonda soatiga 38 kilometr tezlik qayd etgani aniqlangan. Bu yangi rekord. Avvalgi eng tezkor natija Kayl Uokerga tegishli bo‘lib, u o‘yinlardan birida soatiga 37,8 kilometr tezlik ko‘rsatgan.

Darvin Nunges Urugvayning “Penyarol” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yili Yevropaga ko‘chib o‘tib, Ispaniya chempionatida “Almeriya”, Portugaliya ligasida “Benfika” sharafini himoya qilgan.

“Liverpul” yozda uni 80 million yevroga xarid qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tez yugurish mana bunaqa bo‘ladi...