23:07 / 25.10.2022
1 358

Samvel Babayan: "Birinchi bo‘limning o‘zidayoq 2 yoki 3 ta gol urishimiz mumkin edi, ammo to‘p darvozaga kirmadi"

Samvel Babayan: "Birinchi bo‘limning o‘zidayoq 2 yoki 3 ta gol urishimiz mumkin edi, ammo to‘p darvozaga kirmadi"
"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Olimpik"ka qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

– "Navbahor" o‘yin taraflama hech kimdan ortda emas. Ammo yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmayapmiz va yakunda g‘alaba qozonish muammo bo‘lyapti. Yigitlar barcha uchrashuvda harakat qilyapti. Futbolda eng qiyin narsa vaziyat yaratish va uni golga aylantirish. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq 2 yoki 3 ta gol urishimiz mumkin edi. Ammo to‘p darvozaga kirmadi.

Biz ancha avval raqobatchilardan uzoqlashib ketishimiz mumkin edi. Ammo bu ro‘y bermadi. Qaytaraman, jamoa mavsum oxiri bo‘lishiga qaramay, sifatli o‘yin ko‘rsatyapti. Jarohat olganlar bor, biroq jamoa ustunlari barqaror o‘yin namoyish etyapti.

Oldinda kubok finali bilan birga 4 ta o‘yin qoldi. Muxlislarimizni faqat chiroyli o‘yin bilangina emas, g‘alabalar bilan ham xursand qilishga harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Birinchi bo‘limning o‘zidayoq 2 yoki 3 ta gol urishimiz mumkin edi, ammo to‘p darvozaga kirmadi"