Ronaldu "Real"ning kelajaldagi murabbiyi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

Ronaldu "Real"ning kelajaldagi murabbiyi kim bo‘lishi kerakligini aytdi
Ronaldu "Real"ning kelajaldagi murabbiyi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu RonalduManchester Siti”ga qarshi EChL yarim final javob o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi “Qirollik klubi”ni kelajakda qaysi murabbiy boshqarishi kerakligini aytdi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

“Zidan futbolchi bo‘lganida uning o‘yinlaridan hayratlanar edim. Endi esa uning murabbiyligi meni hayratga soladi. Uni kelgusida ham “Real” ustozi sifatida ko‘rishni istayman, – dedi Ronaldu.

31 yoshli futbolchi bo‘lajak o‘yin haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

“Manchester Siti”ga qarshi o‘yin oson kechmasligini bilamiz. Jamoa PSJ to‘sig‘idan o‘tdi, demak ular kuchli. Bor kuchimizni ishga solgan holda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, – deya qo‘shimcha qildi hujumchi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar