13:38 / 02.11.2022
1 264

Superligada hal qiluvchi palla yoxud chempion kim va "Dinamo"ning ortidan qaysi jamoa Pro ligaga yo‘l oladi?

Superligada hal qiluvchi palla yoxud chempion kim va "Dinamo"ning ortidan qaysi jamoa Pro ligaga yo‘l oladi?
"Nasaf"ning kubokda g‘olib chiqishi, "Navbahor"ning mag‘lub bo‘lgani va final atrofidagi voqealarga haddan ziyod ko‘p to‘xtaldik. Yetar. Kubok o‘z egasini topdi. Buyog‘da hali yechimini topmagan masalalar talaygina.

SUPЕRLIGA. KIM ChЕMPION?
Yaqin yillarda chempionlik uchun bunchalik raqobat kechganin ko‘rmaganman. Bu yil kim chempion bo‘lsa ham katta farq kuzatilmaydi. Qiziqarli-a! Ko‘pchilik o‘ylashi mumkin, bunday intriga avval bo‘lmagan, deb o‘ylashi mumkin. Quyida 2013 yilgi O‘zbekiston Superligasining jadvali. Intriga qaytdi. Buni sog‘inganmidingiz?

Xo‘sh, bu yilgi "uloq"ni kim oladi? Ayni paytda chempionlik uchun kurashayotgan 3ta jamoaning holatiga va keyingi uchrashuvlariga qaraymiz.


"Nasaf" 46 ochko
03.11.2022. "Dinamo" (uyda)
07.11.2022. "Neftchi" (uyda)
11.11.2022. "Olimpik" (safarda)

"Paxtakor" 45 ochko
02.11.2022. "So‘g‘diyona" (uyda)
07.11.2022. "Qizilqum" (uyda)
11.11.2022. "Bunyodkor" (safarda)

"Navbahor" 44 ochko
03.11.2022. "Lokomotiv" (safarda)
07.11.2022. "Metallurg" (safarda)
11.11.2022. AGMK (uyda)

"Paxtakor" va "Nasaf" so‘nggi 3ta turdan 2tasida raqiblarni uyda qabul qiladi. "Navbahor" esa safarda, faqat oxirgi o‘yinni uyda o‘tkazadi. Ochkolar teng kelib qolgan taqdirda birinchi galda o‘zaro o‘yinlarga qaraladi. Bunda "Nasaf" "Paxtakor"dan 4 ochko olgan, "Navbahor"ga 4 ochko bergan. Agarda Qarshi va Toshkent klublarinig ochkolarida muvozanat yuzaga kelganda ham chempionlik "Nasaf" tomoniga o‘tib ketadi.


"QO‘QON-1912"DA UMID UYG‘ONDI. "LOKOMOTIV" 11 YILDAN SO‘NG...
Bir paytlar chempion bo‘lib yurgan, OCHL musobaqalarida qatnashgan "Lokomotiv"ni kim ham shunday holga kelishini o‘ylabdi, dersiz. Ammo bunday vaziyat jamoada birinchi marotaba bo‘layotgani yo‘q. "Lokomotiv"ni Superligada olib qolish missiyasini Korostichenko va Yelichich davom ettiradigan bo‘ldi. Server Jeparovga hali vaqtli ekan katta jamoani boshqarish. Lekin klubga juda juda qiyin. Demak 23-turdan so‘ng:

"Lokomotiv" 20 ochko, 13-o‘rin
03.11.2022. "Navbahor" (uyda)
07.11.2022. "So‘g‘diyona" (safarda)
11.11.2022. "Metallurg" (uyda)

Toshkent klubi so‘nggi bor 2010 yil Superligada 13-o‘rinni egalab Pro (Birinchi) ligaga tushib ketgandi. 2011 yil jamoa quyi ligada chempion bo‘lib qaytgan va 2012 yil elitani yaxshi o‘tkazib bronza medallariga ega chiqqandi.

23-turda "So‘g‘diyona"dan ustun kelgan qo‘qonliklarda kichik umid uyg‘ondi. Ayni paytda 21 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turishibdi. "Lokomotiv" bilan o‘zaro o‘yinlarda jamoa 4 ochko qo‘lga kiritgan.

"Qo‘qon-1912" 21 ochko, 12-o‘rin
02.11.2022. "Qizilqum" (safarda)
07.11.2022. "Bunyodkor" (uyda)
11.11.2022. "Dinamo" (safarda)

"Neftchi" (10-o‘rin) va "Surxon" (11-o‘rin) hisobida 26 ochkodan bor. Ular hali elitada qolish masalasini to‘liq hal qilishganicha yo‘q. Oldindagi 3ta uchrashuvda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi.

Muallif: Iskandarov Abdulaziz

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superligada hal qiluvchi palla yoxud chempion kim va "Dinamo"ning ortidan qaysi jamoa Pro ligaga yo‘l oladi?