date

Keyn: uchrashuvdan so‘ng «Chelsi» futbolchilari o‘zlarini xuddi APL chempioni bo‘lgandek tutishdi

Keyn: uchrashuvdan so‘ng «Chelsi» futbolchilari o‘zlarini xuddi APL chempioni bo‘lgandek tutishdi

«Tottenxem» hujumchisi Garri Keyn «Chelsi» futbolchilarining o‘zini tutishini tanqid ostiga oldi. Bu haqda "Uff.uz" xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda qayd etilgan 2:2 hisobi «ko‘rshapalaklar»ni APL chempioni bo‘lish imkoniyatidan mahrum etgan edi.

«Sobiq chempionlar durang natijadan keyin o‘zlarini xuddi chempion bo‘lgandek tutsalar, nima ham deyish mumkin?! Bu biz mavsumni yaxshi o‘tkazganimizning isbotidir.

Albatta, hammamiz afsusdamiz, biroq olg‘a harakat qilishimiz lozim. Keyingi mavsum haqida o‘ylashimiz kerak», – dedi Keyn.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keyn: uchrashuvdan so‘ng «Chelsi» futbolchilari o‘zlarini xuddi APL chempioni bo‘lgandek tutishdi