Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Navbahor” (0:2) o‘yinidan so‘ng mehmonlar ustozi Samvel Babayan raqibning birinchi bo‘limdagi o‘yini olqishga sazvor ekani, Kubok finalida jamoasi mag‘lubiyatga munosib bo‘lmagani va kelajak rejalar borasida fikr bildirdi.
“Navbahor”ning o‘yiniga befarq insonlar yo‘q. G‘alaba qozona oldik, oldinga yurishda davom etamiz. “Navbahor” muxlislarini tabriklaymiz. Biz ular uchun harakat qilmoqdamiz. Futbolchilarimni ham tabriklayman. Kubok finalidagi og‘ir o‘yindan keyin emotsional jihatdan qiyin g‘alabaga erishdik. “Lokomotiv”ni esa birinchi taymdagi o‘yini uchun olqishlayman, ular ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Ular “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda ham juda ko‘p vaziyatlar yaratishgan edi. Bugun gol o‘tkazib yuborishsa ham, harakat qilishdi va o‘z uslublarini ko‘rsatishga intilishdi”, - deydi Babayan.
“Mavsum oldidan maqsadimiz Osiyo chempionlar ligasiga yo‘llanma olish edi. Bunga qadar bu musobaqada hali qatnashmaganmiz. Minimum vazifani uddalagach, yanada ko‘proq narsalar yutishni istaymiz. Qaytaraman, Kubok finalida yutqazishga loyiq emasdik”.
“Rustam biz uchun katta yo‘qotish, o‘ylaymanki, “Rubin” yuqori ligaga chiqadi. OCHL uchun albatta tarkibni kuchaytiramiz. Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun barcha pozitsiyalarni kuchaytiramiz”.
Manba: O‘zPFL “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi