
Foto: ASBC
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. 6 noyabr kungi bahslarda qator o‘zbekistonlik bokschilar o‘z jangini o‘tkazdi.
Abdumalik Halokov Eron vakili Sajad Muhammadga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi. Halokov bu g‘alaba orqali yarim finalga yo‘l oldi.
Shahzod Muzaffarov esa Mehdi Xusraviga qarshi jang qildi. Muzaffarov fors bokschisini taslim etib, yarim finalchiga aylandi.
Adhamjon Muhiddinov va Xunatip Pidnush o‘rtasidagi jangda tailandlik bokschi ringga chiqmadi. Shu tariqa Muhiddinov yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Boks Bo‘yichaOsiyo ChempionatiAbdumalik HalokovShahzod MuzaffarovIordaniya AmmanBokschilar Jangi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar