
Belarus chempionati 29-tur doirasidagi "Gomel" — "Energetik-BGU" o‘yini yakuniga yetdi. O‘yin mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, bahsdagi hal qiluvchi golni chempionat to‘purari Bobir Abdixoliqov 75-daqiqada urdi.
O‘zbekistonlik hujumchi o‘yinda to‘liq harakat qildi. Yana bir hamyurtimiz Abduqodir Husanov o‘tgan turda qizil kartochka olgani sabab bugungi o‘yinda ishtirok etmadi.
Shunday qilib, Belarus chempionati joriy mavsumi ham yakuniga yetmoqda. "Energetik-BGU" o‘z tarixida ilk bor mavsumni kuchli uchlikda yakunlaydi va yevrokubokka yo‘llanmani naqd qildi.
29-turdan keyingi holat:
1. "Shaxtyor" — 62 ochko
2. "Energetik-BGU" — 60 ochko
3. BATE — 56
"Gomel" — "Energetik-BGU" 1:2
Gollar: Yermakovich (18) — Grishenko (5), Abdixoliqov (75).
"Gomel": Sadovskiy, Pantya, Affi, Sokol, Kostrov, Aleksiyevich, Potalenko, Kuzmenok, Yermakovich, Kozlovskiy, Sedko.
Zaxira: Naumovich, Kovalev, Matveychik, Jon, Gogolashvili, Anufriyev, Makas, Sovpel, Malashevich, Sarenko.
"Energetik-BGU": Makavchik, Lukashevich, Silinskiy, Rilach, Papariga, Abdixoliqov, Grishenko, Pashevich, Svirepa, Turich, Makushinskiy.
Zaxira: Senedsov, Kokayev, Omelyanchuk, Chul, Savchenko, Bakayev, Semenov.
Manba: championat.asia
Belarus ChempionatiGomel Energetik-BGUBobir AbdixoliqovO‘zbekistonlik HujumchiQizil KartochkaYevrokubok O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar