08:52 / 11.11.2022
2 879

Hasanboy Do‘smatov nima uchun havaskor boksga qaytganining sababini ma’lum qildi

Hasanboy Do‘smatov nima uchun havaskor boksga qaytganining sababini ma’lum qildi
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli turnir finaliga yo‘l olgan bokschimiz Hasanboy Do‘smatov yarim final to‘qnashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu raqibim bilan ilk bor to‘qnash kelyapmiz. Shuning uchun ham o‘rganishning o‘ziga 1 raund vaqt ketdi. Tanaffusda murabbiylarim bergan ko‘rsatmalar ancha qo‘l keldi va Xudoga shukur g‘alaba qozondim.

Finalda o‘zim kutgan raqib - Saken Bibosinovga qarshi ringga ko‘tarilaman. Xudo xohlasa, revansh olamiz. Osiyo chempionatiga shu niyatda kelganman. To‘g‘risini aytsam, shuning uchun ham havaskor boksga qaytganman.

Boksda nohaqliklar bo‘lib turadi. Yosh sportchilarimizning ko‘pchiligi shuning qurboni bo‘lmoqda. Ularda hali vaqt ko‘p, keyingi musobaqalarda yaxshiroq natija qayd etishlariga ishonaman
".

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatov nima uchun havaskor boksga qaytganining sababini ma’lum qildi