Superliga. «Paxtakor» — O‘zbekiston chempioni. «Navbahor» kumush, «Nasaf» so‘nggi turda yutqazib, bronza medaliga ega chiqdi

Superliga. «Paxtakor» — O‘zbekiston chempioni. «Navbahor» kumush, «Nasaf» so‘nggi turda yutqazib, bronza medaliga ega chiqdi
Foto: «Paxtakor»
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar 12 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Paxtakor» Toshkent derbisida «Bunyodkor»ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Dragan Cheran «sherlar»ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 16-daqiqada Aziz Turg‘unboyev hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

«Paxtakor» ushbu g‘alaba orqali mavsum chempioniga aylandi.

«Navbahor» o‘zida «OKMK»ni qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«Nasaf» esa safarda «Olimpik» jamoasiga yutqazib qo‘ydi va mavsumni uchinchi o‘rinda yakunladi.

«Bunyodkor» — «Paxtakor» 0:2
Gollar
: 0:1 – 14 Cheran, 0:2 – 16 Turg‘unboyev.

«Olimpik» — «Nasaf» 2:0
Gollar
: 1:0 – 24 Jo‘raqo‘ziyev, 2:0 – 71 Jo‘raqo‘ziyev.

«Navbahor» — «OKMK» 3:1
Gollar
: 1:0 – 11, penalti Iskandarov, 2:0 – 53 Abdumannopov, 3:0 – 77 Jokich, 3:1 – 82 Mirahmadov.

«Lokomotiv» — «Metallurg» 3:1
Gollar
: 1:0 – 38 Rashidxonov, 1:1 – 45+1 O‘rinboyev, 2:1 – 64 Muxtorov, 3:1 – 68 Qodirqulov.

«Dinamo» — «Qo‘qon-1912» 2:0
Gollar
: 1:0 – 34 Grigalashvili, 2:0 – 77 Sharipov.

«Qizilqum» — «So‘g‘diyona» 2:1
Gollar
: 0:1 – 49 Norxonov, 1:1 – 62 Abduxoliqov, 2:1 – 62 Jo‘rayev.

«Neftchi» — «Surxon» 3:0
Gollar
: 1:0 – 15 Ubaydullayev, 2:0 – 53 To‘rayev, 3:0 – 77, penalti Abdullayev.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar