"Paxtakor" - "Bunyodkor" o‘yinidan va "sherlar" chempionlikka erishganidan so‘ng g‘olib jamoa ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Mavsum qanday o‘tdi degan savolga natijalarimiz javob bersin. Bir yaxshi maqol bor, "Yaxshi ot keyin chopadi". Biz uzoq masofada kuchli ekanligimizni ko‘rsatib qo‘ydik. Chempionmiz. Raqibni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratdik. Yirik hisobdagi g‘alabaga erishishimiz mumkin edi, ammo shunisi ham yetarli. Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajardik. Endi yigitlar ta’tilga chiqishadi, ba’zilar esa terma jamoada biroz mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi.
- Ikkinchi davradagi "Paxtakor" birinichi davradagisidan sezilarli darajada farq qildi. Bunga qanday erishdingiz?
- Hammasiga vaqt kerak. Ish boshlaganimizda yigitlar uchun deyarli barcha narsa birinchi martadek edi. Buning ustiga mavsumga tayyorgarlik muvaffaqiyatsiz o‘tgan. Yigitlarning ruxiy va jismoniy holati yaxshi bo‘lmagan. Shu sababli ular tushinishi uchun vaqt kerak bo‘ldi. Futbolchilar eshitishdi va tushinishdi. Bu o‘z mahsulini berdi. So‘nggi turlarda men xohlagan "Paxtakor"ni ko‘ra oldim. Kelasi mavsum "sherlar" yanada kuchli, tezkor va yaxshiroq bo‘ladi.
- Bu mavsum ortda qoldi. Kelasi mavsumda jamoani Chempionlar ligasi kutib turibdi. Ushbu turnirda ishtirok etish uchun kuchli legionerlar kerak. Shunday futbolchilarni olib kelasizmi?
- Bu yerda hamma futbolni tushunadiganga o‘xshaydi, lekin hech kim jamoani boshqarmaydi. Legionerlar bizni qoniqtiradimi, yo‘qmi, buni biz hal qilamiz. Albatta, kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz. Chempionlar ligasi startiga hali ancha vaqt bor. Sentyabrdaku to‘g‘rimi? Mavsumni yakunlayotganimizda bu turnir boshlanayotgan bo‘ladi. Hozir ham ba’zi g‘oyalarimiz bor. Futbolchilar o‘sishi uchun jamoada sog‘lom raqobat bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lmasa o‘yinchilar hech qachon o‘sishga erishmaydi. Biz har bir pozitsiyada ikki nafar teng futbolchi bo‘lishini xohlaymiz. Shundagina jamoa sifatida rivojlana olamiz. Tarkibni kuchaytiramiz, - deydi Maksim Shatskix. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi