
Bugun Ammanda o‘tgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Ushbu qit’a birinchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari jami 12 ta medal qo‘lga kiritdi. Jumladan, ayollar terma jamoamiz 1 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar terma jamoamiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Biroq, umumiy natijalarga ko‘ra, ya’ni ayollar va erkaklar terma jamoalari qo‘lga kiritgan medallarni qo‘shib hisoblaganda, O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu Osiyo chempionatida 2-o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni esa bizdan deyarli ikki baravar ko‘p medal jamg‘argan qo‘shnilarimiz - Qozog‘iston terma jamoasi band etdi. Ularning hisobida 6 ta oltin, 7 ta kumush va 8 ta bronza, jami 21 ta medal mavjud.
Kuchli uchlikni esa Hindiston terma jamoasi yakunlab berdi. Ushbu terma jamoa a’zolari qit’a chempionatida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medal jamg‘ardi.
Quyida Osiyo chempionatining medallar jamg‘arish bo‘yicha yakuniy reytingi bilan tanishib olishingiz mumkin:

BoksOsiyo ChempionatiO‘zbekistonQozog‘istonHindistonMedal Jamg‘arish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar