UFC 281. Aleks Pereyra Israel Adesanyani nokautga uchratdi. Frenki Edgar va Dominik Reyes nokautga uchradi (video)

UFC 281. Aleks Pereyra Israel Adesanyani nokautga uchratdi. Frenki Edgar va Dominik Reyes nokautga uchradi (video)
Oʻzbekiston vaqti bilan 13 noyabr tongida AQShning Nyu-York shahrida UFC 281 musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqaning asosiy jangi oʻrta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya va Aleks Pereyra oʻrtasida kechdi. Dastlabki toʻrtta raunddan uchtasi Adesanya ustunligida oʻtdi. Beshinchi raundda Pereyra zarbalar ketma-ketligini yoʻllagan holda raqibini nokautga uchratdi.
UFC 281. Aleks Pereyra Israel Adesanyani nokautga uchratdi. Frenki Edgar va Dominik Reyes nokautga uchradi (video)
Shu tariqa Aleks Pereyra UFC oʻrta vazn toifasining yangi chempioniga aylandi.

Yana asosiy janglardan birida ayollar minimal vazn toifasi chempioni Kayla Esparsa sobiq chempion Jang Veyliga qarshi oktagonga chiqdi. Xitoylik yakkakurashchi raqibini hech qanday imkon qoldirmadi va ikkinchi raundda boʻgʻish usuli bilan gʻalabaga erishdi. Shu tariqa Veyli kamarini qaytarib oldi.

Dastin Porye boʻgʻish usuli bilan Maykl Chendlerni yenggan boʻlsa, Kris Gutyerres afsonaviy Frenki Edgarni nokautga uchratdi.

Shu va boshqa natijalar bilan quyida tanishing:

Asosiy kard
- Aleks Pereyra 5-raunddagi texnik evaziga Israel Adesanyani magʻlub etdi;
- Jang Veyli 2-raundda boʻgʻish usuli bilan Karla Esparsani yengdi;
- Dastin Porye 3-raundda sabmishen evaziga Maykl Chendlerni taslim etdi;
- Kris Gutyerres 1-raundda Frenki Edgarni nokautga uchratdi;
- Den Huker 2-raunddagi texnik nokaut evaziga Klaudio Puelesni yutdi.

Prelim kard
- Renato Moykano 1-raundda Bred Riddelni sabmishen orqali yutdi;
- Rayan Spann 1-raundda Dominik Reyesni nokautga uchratdi;
- Erin Blenchfild 1-raundda sabishen bilan Molli Makkenni taslim etdi;
- Andre Petrovski ochkolar evaziga Vellington Turmanni yengdi;
- Mett Frevola 1-raundda Ottman Azaytarni nokautga uchratdi;
- Karolina Kovalkevich ochkolar evaziga Silvana Xuaresdan ustun keldi;
- Mayk Trizano 1-raundda Choy Shin Uni nokaut qildi;
- Montel Jekson ochkolar evaziga Xulio Arseni yutdi;
- Karlos Ulberg 1-raundda Nikolae Negumeryanuni nokautga uchratdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar