
O‘zbekiston Superligasi 2022 yilgi mavsum yakuniga yetdi. Kelasi mavsum halqaro maydonda ishtirok etadigan jamoalar aniqlandi.
"Paxtakor" chempionlikka erishib, OCHL 2023/24 yilgi mavsum guruh bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa birinchi savatchadan o‘rin oladi.
"Nasaf" esa O‘zbekiston Kubogi sohibi sifatida guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi. Biroq ular 2-savatchadan o‘rin oladi.
"Navbahor" esa OCHLdagi debyut o‘yinini saralash bosqichida Ummonning "Al-Sib" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahsda g‘alaba qozongan taqdirda jamoa Qatarning to‘rtinchi jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
AGMK ham ishtirokni saralash bosqichidan boshlaydi. Raqib - Bangladeshning "Bashundara Kingz" jamoasi bo‘ladi. Olmaliqliklar ushbu bahsda g‘alaba qozongan taqdirda Qatarga boradi va uchinchi jamoa bilan o‘ynaydi.
O‘zbekiston SuperligasiOCHL 2023/24Paxtakor JamoasiNasaf JamoasiNavbahor JamoasiAGMK Jamoasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar