
O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Qozog‘iston va Rossiya bilan o‘yinlariga chaqirilgan “Energetik-BGU” hujumchisi Bobir Abdixoliqov saytimizga fikrlarini bildirdi.
"Chempionat biz uchun yaxshi o‘tdi. Jamoa yangi tarix ochdi. Kumush medallarga ega chiqdi. O‘zim to‘purar bo‘ldim. Kayfiyat ajoyib", - deydi Bobir Abdixoliqov.
- Terma jamoada so‘nggi bor qachon o‘ynaganingizni eslay olasizmi?
- Oxirgi marotaba Suriyaga qarshi 2020 yil maydonga tushgandim. Sabr qilib o‘z ustimda ishladim. Shu kuni chaqirilishim nasib qilgan ekan.
- Bo‘lajak raqiblarimiz haqida nima deya olasiz?
- Bugun Qozog‘istonni o‘rganib chiqdik. Himoyaviy va uzun paslar bilan to‘p tepadi. Ertaga muxlislarimizni kutib qolamiz. Ko‘proq ishqibozlar kelishiga umid qilaman.
- Keyingi yil qaysi klubda o‘ynashingiz barchani қизиқтиради...
- Navbatdagi mavsumda qayerda o‘ynashim yaqinda aniq bo‘ladi.
- Superligani kuzatib bordingizmi? “Nasaf”ga nima yetishmadi?
- Albatta kuzatdim. “Nasaf”ni o‘zini qo‘lida edi. Kerakli o‘yinlarda g‘alaba qozona olmadi.
- Belarus chempionatining darajasi qanday ekan?
- Belarus chempionati saviyasi yaxshi. "Shaxtyor Soligorsk", BATE, "Dinamo Minsk" YECHL, Konferensiyalar ligasida o‘ynaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar