1 353
Valeriy Karpin: "O‘zbekiston terma jamoasining darajasi Sloveniya va Slovakiyaniki bilan teng deb o‘ylayman"
O‘zbekiston hamda Rossiya terma jamoalari o‘yinidan (0:0) so‘ng mehmon jamoa ustozi Valeriy Karpin matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Birinchi bo‘limda bir-birimizni o‘rgandik. Tezkor hujumni o‘tkazib yuborishdan qo‘rqdik. O‘zbekiston terma jamoasi bu narsadan yaxshi foydalanadi. Maydon markazida to‘p yo‘qotmaslikka urindik. Ikkinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik. Golga yaqin edik. Bizning darvozamiz oldida esa hech qanday xavf bo‘lmadi. Ba’zi kichik vaziyatlarni hisobga olmaganda, albatta. Umuman olganda yaxshi, o‘zining kuchli jihatlarini biladigan jamoa bilan o‘ynadik.
- Rossiya Tojikiston va O‘zbekiston terma jamoalari bilan o‘ynadi. Markaziy Osiyo futboli darajasiga qanday baho berasiz? Ikkinchi savolim, Pinyayevning o‘yinidan qoniqdingizmi?
- Pinyayevdan boshlaydigan bo‘lsak, u haqida hozircha xulosa qilishga erta. O‘yinga qo‘shilib keta oldi deya olmayman. Markaziy Osiyo futboli darajasiga keladigan bo‘lsak, Tojikiston Kipr bilan deyarli bir darajada. O‘zbekiston Sloveniya va Slovakiya bilan teng deb o‘ylayman. O‘zbekiston hammadan "kaltak yeydigan" jamoa bo‘lmasdi.
- To‘p har safar Shomurodovga tushganida Jikiya uning oldida paydo bo‘laverdi, Georgiy o‘yindan oldin Eldorga "shaxsiy qo‘riqchi" sifatida biriktirilgan bo‘lsa kerak. Rus mediasi orqali mana shu o‘yinga fikr bildirgan Roman Shirokovga salom yo‘llamoqchiman. Birinchi ligamiz qiziq bo‘lsa, eslatib qo‘yaman, yangi mavsumimiz bahorda boshlanadi.
- Yo‘q, Jikiya Eldorga biriktirilmagan edi. Shomurodov Barinov yoki Litvinov zonasiga o‘tganida o‘sha hududga javob beradiganlar harakatga tushishdi. Shirokovga salom yo‘llabsiz, yaxshi.
- Futbolchilarga tezkor gol urish borasida ko‘rsatma berganmidingiz?
- Har bir murabbiy buni xohlaydi, biroq bor e’tiborni shunga qaratmagan edik.
- Bugun futbolchilar ko‘zida azart, olovni ko‘rmadim. Rossiya terma jamoasining potensiali yuqori ekanligini his qildim. Ko‘p gol ura olishingiz mumkin edi. Shunchaki mashg‘ulot o‘yinimidi bu, yigitlarga shunday ko‘rsatma berilganmidi?
- Albatta yo‘q.
- Valeriy Georgevich, Rossiya terma jamoasi 2ta o‘yinda gol ura olmadi. Bu sizni xavotirga solyaptimi?
- Ha, ammo boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak 2ta bahsda gol o‘tkazib yubormadik. Raqiblarda deyarli vaziyat bo‘lmadi. Har kuni mashg‘ulot o‘tkazadigan klublar ham ba’zida gol ura olmaydi, terma jamoalar esa ora-sirada yig‘iladi. Futbolchilarimiz hozircha bir-birini juda yaxshi tushunmayapti. O‘yinga bo‘lgan munosabatdan qoniqyapman, ammo hujumdagi eng kerakli narsa yo‘q.
- Qozog‘istonlik hakam ba’zi vaziyatlarda xato qildi. O‘zbekiston terma jamoasiga penalti bermadi, bu fikrga qo‘shilasizmi?
- Yo‘q, men boshqa, raqib jamoa murabbiyi boshqa fikr bildirishi mumkin. Tushundingiz deb o‘ylayman.
- Nega bugun darvozada Selixov emas, Shunin turdi?
- Chunki Tojikiston bilan bahsda Selixov va Pesyakov bir taymdan darvozamizni qo‘riqlashdi. Bu o‘yinda Shunin darvozada turdi. Savollar menga emas, posbonlar murabbiyiga bo‘lishi kerak.
- Rossiya terma jamoasi kelajakda ham O‘zbekiston bilan o‘ynashni reja qilganmi?
- Bu borada mening fikrim ijobiy, biroq hammasi menga bog‘liq emas. Rossiya futbol ittifoqi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyalari kelishishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi