11:26 / 21.11.2022
1 064

O‘zbekiston — Rossiya uchrashuvida stadion displeyida bukmekerlik kompaniyasi reklamasi namoyish etildi

O‘zbekiston — Rossiya uchrashuvida stadion displeyida bukmekerlik kompaniyasi reklamasi namoyish etildi
Kadr: «Sport TV»
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Rossiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi natija bilan yakun topdi.

Uchrashuv vaqtida “Paxtakor” stadionidagi reklama displeyida bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniya reklamasi namoyish etildi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston hududida bukmekerlik faoliyatini olib borish yoki uning targ‘iboti bilan shug‘ullanish taqiqlangan.

2022 yilning iyun oyida «Zo‘r TV» Qozog‘istonda o‘tgan MMA musobaqasini translyatsiya qilgan va unda bukmekerlik kompaniyasi reklamalari yaqqol namoyish qilingandi. O‘shanda telekanalga Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berilgandi.

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvardan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutilgan edi.

2022 yilning 6 apreldagi kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, farmonning bukmekerlik faoliyatiga tegishli qismlari bekor qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston — Rossiya uchrashuvida stadion displeyida bukmekerlik kompaniyasi reklamasi namoyish etildi