“Paxtakor” markaziy stadioni mezbonlik qilgan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi hamon mutaxassislar, murabbiylar, futbolchilar tomonidan muhokama qilinmoqda.
Bu ikki mamlakat futbolchilari xalqaro miqyosdagi o‘rtoqlik uchrashuvida ilk bor to‘qnash keldi va bellashuvda hisob ochilmadi. Rossiyalik charm to‘p ustalari noyabr oyidagi birinchi bellashuvida tojikistonlik bilan ham 0:0 hisobida durangga imzo chekkan edi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya futbolchilariga qarshi uchrashuvdan oldin Toshkentda Qozog‘iston vakillarini qabul qilib, Hojimat Erkinov va Eldor Shomurodovning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchgandi.
Taniqli futbol agenti Aleksey Safonov Rossiyaning Markaziy Osiyoga qilgan safariga munosabat bildirib, Eldor Shomurodovning o‘yiniga alohida e’tibor qaratdi.
- Bunaqa o‘yinlar juda zarur. Terma jamoa siyosiy va psixologik nuqtai nazardan o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak. Ikki o‘yindan ikki xil taassurot qoldi. Yaxshisi darvozamiz daxlsizligini saqlab qolganimiz, ya’ni gol o‘tkazmaganimiz bo‘ldi.
Ikkinchi tomoni hujumda ko‘proq vaziyatlarni ko‘rishni istagan edik. Eldor Shomurodovning bir o‘zi o‘yinda butun Rossiya terma jamoasidan ko‘proq xavfli vaziyatlarni yaratdi.
Agar yoshlarni rivojlantirish haqida gapirayotgan bo‘lsak, nega yosh darvozabonlardan biri chaqirtirilmadi, ularni ham tayyorlab borish kerak-ku. Karpin hozir yangi jamoa quryapti, yosh jamoa. Endi nima bo‘lishini ko‘ramiz, - dedi Aleksey Safonov.
Rossiya futbolida o‘z izini qoldirgan “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Valeriy Kechinov ham Rossiya terma jamoasining o‘yinlariga baho berdi.
- Rossiya terma jamoasi juda bo‘sh o‘ynadi. Xavfli vaziyatlar deyarli bo‘lmadi, ular juda kam yaratilyapti. Markaziy Osiyoga sayohat ancha bo‘sh chiqdi. Tojikiston va O‘zbekiston bilan o‘yinlar ham kutilganidek bo‘lmadi.
Bu milliy chempionat pasayishda davom etayotganini ko‘rsatadi. Yevrokuboklar, rasmiy uchrashuvlar, raqobat yetishmayapti. Shu sabab hozirgi ahvol yuz berdi.
O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalariga hurmatni saqlagan holda aytamanki, ularni yengishimiz kerak edi. Ishtiyoq yo‘qligini ham tushunish mumkin. Lekin sen maydonga o‘ynagani tushyapsan, odamlar harakatlaringni kuzatib boradi, shularning o‘zi ijobiy his-tuyg‘ular uchun yetarli bo‘lishi kerak. Biroq buni ko‘rmadik, - dedi Valeriy Kechinov.
Eslatib o‘tamiz, Valeriy Kechinovning o‘zi o‘zbek futbol maktabidan yetishib chiqqan. U 1992-1993 yillar davomida “Paxtakor” sharafini himoya qilib, jami 38 ta uchrashuvda 30 ta gol urgan. O‘zbekiston chempioni va milliy chempionatimizning birinchi to‘purari bo‘lgan.
1993 yili Moskvaning “Spartak” jamoasiga ko‘chib o‘tdi va 2000 yilgacha Rossiyaning eng mashhur ushbu klubida yetakchi o‘yinchilardan bo‘ldi. Rossiyalik mutaxassislar va muxlislar Kechinovni texnikasi eng kuchli o‘yinchilardan biri sifatida e’tirof etadi.
1995 yili Valeriyning goli mavsumda eng chiroylisi, deb topilgan.
Asli o‘zbekistonlik futbolchi “Spartak”da jami 157 ta uchrashuv o‘tkazib, 44 ta gol va 10 ta assist qayd etgan. Olti karra Rossiya chempioni, mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan.
Professional futbolchilik faoliyatida “Saturn” jamoasida 36 ta uchrashuvda 13 ta, “Shinnik” klubida 42 ta uchrashuvda yettita to‘p kiritgan.
Rossiya milliy terma jamoasida olti marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba aniq nishonga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?