Yengil vaznda UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov otasining merosi haqida fikr bildirdi.
«Ayni damda bizda UFC va Bellator'ning yengil vazn toifasi amaldagi chempionlari bor. Bu ajoyib. Ancha oldin bir yigit «biz hokimiyatni qo‘lga olish uchun shu yerdamiz», deganini eshitgandim. Biroq bu ishni biz qildik.
Bizning jamoadagi 12-13 kishi MMAda umumiy hisobda deyarli 300 ta g‘alaba qayd etgan. Bunga aqlbovar qilmaydi. Hech kim va hech qachon MMAda bunday natija ko‘rsata olmagan. Men baxtliman, chunki otam buning uchun qancha mehnat qilganini bilaman. U bizga qanchalik ishongani, o‘qitgani, yuklama bergani, barchasi yodimda. Hatto hozir ham uning merosi davom etyapti», — deydi Habib.
Habibning otasi va murabbiyi Abdulmannop Nurmagomedov 2020 yilning 3 iyulida koronavirus asoratlaridan vafot etgandi.
2021 yilning martida esa Habib Nurmagomedovg sportdan butkul ketishini e’lon qildi. Habib o‘zidan ajoyib rekord qoldirdi: faqat g‘alaba, bittayam mag‘lubiyat yo‘q (29-0). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?