1 367
JCH-2022. Erve Renar Argentinaga qarshi o‘yinning 1-taymidan so‘ng shogirdlariga nima degan edi?
Argentinaga qarshi dramatik o‘yinda Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Erve Renar tanaffusda shogirdlariga nimalar degani ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Marhamat, quyida o‘sha otashin nutq bilan tanishishingiz mumkin.
"Men sizlarni yaxshi ko‘raman yigitlar! Faqat Salmondan tashqari. U bemalol shikoyat qilishi mumkin. Nima qilyapmiz bu yerda? Shu pressingmi? Pressing faqat oldinga borishni anglatmaydi.
Messi maydon markazida yurganida, siz uni shunchaki kuzatib turdingiz. Uni qarshisida kutib olishingiz kerak. Agar istasangiz u bilan telefoningizda rasmga tushib oling. U gol urdi. Himoyada turibsiz, u esa barchani aldab o‘tib ketmoqda. Biz gol o‘tkazib yubordik.
Nima qilganingizni ko‘rdingizmi? Siz kambek qilishimiz mumkinligini his qilmayapsizmi? Ishonmayapsizmi? Ular shunchaki rohatlanib harakatlanmoqda!
Olg‘a yigitlar, olg‘a! Jang qilish vaqti keldi! Boringizni bering. O‘yin boshlanishidan qotib qoldingiz. O‘zingizni qo‘lga oling, bosiqroq bo‘lishingiz kerak. Jangga qaytishingiz kerak. Shart!", - degan saudiyaliklar ustozi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?